24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 18:10
Jamiyat 👁 1,049

BOʻSh TURGAN OBʼEKTLARDAN SAMARALI FOYDALANILMOQDA

BOʻSh TURGAN OBʼEKTLARDAN SAMARALI FOYDALANILMOQDA

Mangʻit shahridagi faoliyati tugatilgan “ATP-44” avtokorxonasiga qarashli binolar qarovsiz va tashlandiq holda edi. Mazkur binolar “nol” qiymatida investitsiya kiritish va yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan tumandagi tadbirkorlarga berildi.

Tumandagi “Tole” xususiy firmasi ham mana shu binolardan birini qayta taʼmirlab, ishlab chiqarishni tashkil etishga moslashtirdi.

1993-yilda tashkil qilinib, dastlabki faoliyatni tijorat bilan boshlagan “Tole” xususiy firmasi yangidan taʼmirlangan binoda tarmoqlarini koʻpaytirib, qurilish-taʼmirlash ishlarida zarur boʻladigan mahsulot va ashyolarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

Ayni paytda firma tomonidan tashkil qilingan tsexda qurilishda ishlatiladigan jihozlar boʻlgan alyuminiy, yogʻoch, metall materiallaridan deraza romlari, eshik, darvoza, temir panjaralar, taʼmirlash ishlari uchun zarur boʻladigan shpatlyovka, vodoemulsiya boʻyoqlari va shlakobloklar ishlab chiqarilmoqda.

– Ishni yoʻlga qoʻyish oson boʻlmadi – deydi “Tole” xususiy firmasi direktori Poʻlat Xoʻjaboyev. – Binoda taʼmirlash ishlarini tugatganimizdan soʻng, tsexlar tashkil etib, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻladigan asbob-uskunalarni, dastgohlarni sotib oldik. Dastgohlar oʻrnatilgach, ishchilar yordamida tsex ishlari yoʻlga qoʻyildi.

Hozirgi kunda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan tsexlarda har oyda 60 taga yaqin deraza, 20 tadan ziyod eshiklar, 4 ming dona shlakoblok, 5 tonna shpaklyovka va 2 tonnadan ziyod emulsiya boʻyoqlari tayyorlanmoqda. Pishiq va puxta, sifatli tayyorlanayotgan mahsulotlarning xaridorlari tobora ortmoqda.

“Tole” xususiy firmasi binoning kengligidan foydalanib, yana bir faoliyatni yoʻlga qoʻymoqda. Firma tomonidan Toshkent shahridagi “CHINA EASING IMPEX” masʼuliyati cheklangan jamiyati orqali 230 mln. soʻmdan ziyod mablagʻga Xitoyda ishlab chiqarilgan erkaklar va ayollar paypogʻini toʻqiydigan 5 dona toʻqish va 1 dona tikish dastgohi olib kelib oʻrnatildi. Toshkent shahridagi “Ahmadteks” firmasidan 65 mln. soʻmlik paypoq tayyorlash uchun zarur boʻladigan xom-ashyolar keltirildi. Tsexda ishlayotgan 5 nafar ishchi tomonidan bir oy davomida 20 ming juft erkaklar va ayollar paypogʻini ishlab chiqarish moʻljallanmoqda. Keyinchalik esa 30 ming juftdan ziyod tayyorlashni va boshqada tikuv mahsulotlari tayyorlanishii yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

“Tole” xususiy firmasi direktori Poʻlat Xoʻjaboyev davlatimiz tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, firma tarmoqlarini yanada kengaytirishni maqsad qilmoqda. Firmada qishloq xoʻjalik mahsulotlari saqlanadigan 100 ming tonnalik sovutgich oʻrnatib, xalqqa xizmat koʻrsatish va “PET” xom-ashyosi qop ishlab chiqarishga moʻljallangan yana bir tsex ochish moʻljallanmoqda.

“Tole” xususiy firmasi tomonidan yangi ish oʻrinlari yaratish bilan birga tuman iqtisodi rivojlanishiga ham hissa qoʻshib kelinmoqda.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026