Oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga mulk huquqini eʼtirof etishning amalga oshirilishi.
Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida 2018-yil 20-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5421-son farmoniga asosan uy-joyga ega boʻlish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud boʻlishiga qaramasdan minglab fuqarolar koʻp yillar davomida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joylarni noqonuniy barpo etishgan. Bunday holatlarning yuz berishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan.
Natijada, ushbu muammo butun respublika boʻyicha ommaviy tus oldi va uy-joy uchun zarur hujjatlarning mavjud emasligi aholida boshqa ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga, xususan haqiqatda yashab turgan joyga propiska qilinishi, mulk huquqiga ega boʻlish va uni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligiga olib keldi.
Fuqarolarning uy-joy mulkiga kadastr hujjatlarini berishni soʻrab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 5 mingdan ortiq, deputatlar, senatorlar, davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabullarda — 3 mingdan ziyod murojaatlari kelib tushgan.
Mazkur Farmon qabul qilingan vaqtga kadar qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga nisbatan mulk huquqi ushbu obʼektga oʻz shaxsiy mulki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilayotgan shaxsga ushbu yer uchastkasi unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan yer maydonida joylashmagan boʻlsa oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan boʻlsa, shuningdek, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasa eʼtirof etiladi. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilmaydigan aniq holatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etiladigan Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha komissiyaning taqdimnomasiga koʻra tuman (shahar) hokimining qarori bilan, umumiy mulk haqidagi fuqarolik va oila toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qilish sharti bilan, eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir martalik yigʻim toʻlangandan keyin amalga oshiriladi, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etishda mulkdorga u qurilgan yer uchastkasiga qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilib, ortiqcha qismi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan jarima solinmasdan zaxira yerlariga olib qoʻyiladi.
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi
boʻlim boshligʻi Saidov Botir Baxtiyarovich

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶