“Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan eʼlon qilingan tanlov gʻoliblari aniqlandi
Tumanimizda “Yoshlar kuni” bayrami oldidan boʻlib oʻtayotgan sport musobaqalari, turli xil mavzulardagi koʻrik-tanlovlar, sheʼriyat kechalari koʻplab iqtidorli yoshlarni kashf etmoqda.
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining “Oʻzbekiston – maftunkor diyor” loyihasi doirasida “Ona Vatan tarannumi” mavzusida eʼlon qilingan qoʻshiqlar tanlovining tuman bosqichi ham bayramoldi koʻngilochar tadbirlariga ulanib ketdi. Tuman markaziy madaniyat uyida 29-iyun kuni boʻlib oʻtgan “Isteʼdod shou” tanlovi yakunida “Ona Vatan tarannumi” qoʻshiqlar koʻrik-tanlovining gʻoliblari taqdirlandilar.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimida “Jayxun ilhomlari” NNT raisi Ahmad Nafasov soʻzga chiqib, ushbu qoʻshiqlar tanlovini tashkil etishda va iqtidorli ashulachilarni tanlovga tayyorlash hamda uni muvaffaqiyatli oʻtkazishda “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik qilgan tuman madaniyat boʻlimi rahbariyatiga hamda yoshlar ittifoqi tuman Kengashi faollariga minnatdorchilik bildirdi.
Oʻz ijrosi bilan tanlov ishtirokchilari olqishiga sazavor boʻlgan Xursand Shukurllayev 1-oʻrinni, Sayyora Safarboyeva va Toʻlqinjon Sobirovlar 2-oʻrinni, Temur Shamsuddinov, Diyorbek Ortiqboyev va Guliston Rahimovalar 3-oʻrinni egalladilar.
Tanlov gʻoliblariga NNTning faxriy yoriqlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
R.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶