ISTEʼDODLI YoŞLAR TAQDIRLANDI
Tumanimiz yoşlarining mazmunli dam olişlarini taʼminlaş, isteʼdodlarini namoyon etişlari uçun şart-şaroitlar yaratiş, noyob iqtidor egalarini aniqlaş maqsadida “Yoşlar kuni” bayrami arafasida, 29-iyun kuni Özbekiston yoşlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengaşi, tuman madaniyat bölimi, Respublika yoşlar markazi tuman bölimi hamda tumandagi 9- va 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamkorligida “Isteʼdod şou” tanlovi ötkazildi.
Tanlovda umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning öquvçilari, “Barkamol avlod” bolalar markazi tögaraklarining iqtidorli yoşlari texnika ijodkorligi, tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat, raqs, anʼanaviy aşula ijroçiligi hamda şeʼriyat yönalişlari böyiça iştirok etdilar.
Barça yönalişlar böyiça 100 nafardan ziyod iqtidorli yoşlarni birlaştirgan “Isteʼdod şou” tanlovi iştirokçilarining çiqişlari har bir yönaliş böyiça tajribali mutaxassislar tomonidan munosib baholab borildi.
Tadbir yakunida eng iqtidorli yoşlar “Isteʼdod şou” tanlovi taşkilotçilari tomonidan tayyorlangan sovğalar hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶