FESTIVAL IQTIDOPLI YoShLAPNI ANIQLADI
Yurtimizda biz yoshlarga katta etibor qaratib, keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining hissasi katta. Bu tashkilot, iqtidorli ijodkor yoshlarni tanitish uchun juda koʻplab koʻrik-tanlovlar oʻtkazib, undagi eng iqtidorli tengdoshlarimizni munosib ragʻbatlantirayapti.
Shu yilning 26-iyun sanasida «30-iyun - Yoshlar kuni» munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman kengashi tomonidan «Oʻzbekiston umumiy uyimiz» shiori ostida oʻtkazilgan «Bagʻrikeng Oʻzbekiston» nomli festivalda 10 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan istedodli yoshlar qatnashdilar.
Bu kechada sherlar tanlovi, insholar tanlovi, raqs, tasviriy sanat yoʻnalishlari boʻlib, men sherlar tanlovi yoʻnalishida faol ishtirok yetib, 1-oʻrin sohibasi boʻldim va tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma oldim.
Men mana shunday yaxshi oʻylangan gʻoyalar, bizga berilayotgan imkoniyatlar uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga tashakkur aytaman va bu tanlovning respublika bosqichida faxrli oʻrinlardan birini qoʻlga kiritishga harakat qilaman.
Shahlo QUPOLOVA, 62-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶