Tahririyat tanlov oʻtkazmoqda: gʻoliblarga changyutgich sovgʻa qilinadi (+video)
“Jayxun sadosi” internet-radiosi tahririyati Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Salomatlik – tuman boylik” nomli loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Loyiha doirasida tuman DSENM va fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikda “Sarishtali uy – farishtali uy” koʻrik-tanlovini oʻtkazilmoqda. Tanlov doirasida tumandagi barcha ovul va mahallalarni qamrab olgan holda hovlisi namunali tarzda obodonlashtirilib, koʻkalamzorlashtirilgan, toza va ozoda boʻlgan 5 ta oilani aniqlab, ragʻbatlantirish va boshqalarga oʻrnak qilib koʻrsatish koʻzda tutilgan.
Koʻrik-tanlovning dastlabki gʻoliblaridan biri Bobur nomli ovuldagi Allambergan Sobirov xonadoni boʻldi.
Gʻolibga tahririyat tomonidan changyutgich sovgʻa qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶