16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:15
Jamiyat 👁 949

Tekin pishloq sichqon tutadigan qopqonda boʻladi

Tekin pishloq sichqon tutadigan qopqonda boʻladi

Oʻzbekiston ozod va demokratik davlat sifatida bagʻrini butun dunyoga ochar ekan, uning hududiga, fuqarolarning ong-u shuuriga missionerlar butun dunyoning u yoki bu burchaklarida paydo boʻlib, kengayib borayotgan odam savdosi, ommaviy madaniyat, terrorizm, ichkilikbozlik, diniy ekstremizm hamda giyohvandlik kabi illatlarni olib kirmoqda.

bilamizki, qadimda dunyoni zir titratgan Rim imperiyasi hududida, Misr va boshqa davlatlarda urush paytida asir tushgan askarlarni, magʻlub davlat aholisi asirlarini bozorlarga olib borib, huddi hayvonlardek sotishgan. Mana shu qullar gladiatorlar ishtirokida katta maydonlarga olib chiqilib, minglab insonlar koʻz oʻngida shafqatsiz, qonli janglar tashkil etilgan. Odam bolalari huddi xoʻroz yoki qoʻchqorlardek oʻzaro urishishgan. Albatta, bu kabi sharmandali holatlarga allaqachon barham berilgan. Hozirda odamlarni qul qilib sotish jinoyat hisoblanadi. Lekin afsuski, bugungi kunda ham shunday insonlar borki, oʻsha mashʼum savdoni boshqacharoq, “zamonaviylashgan” yoki “madaniylashgan” holda qayta tashkil qilishga urinishadi. Bunday insonlar toʻriga hali yaxshi-yomonning farqiga bormaydigan yoshlar ilinib qolmoqda. Dunyoning u yoki bu davlatiga borib moʻmay pul topish, ozgina mehnat bilan mazza qilib hayot kechirish kabi yolgʻon vaʼdalar berib odamlarni avrovchi guruhlar bizning yurtimizga ham xavf solishga harakat qilayotgani sir emas. Eng xatarlisi, shunday kimsalar borki, oʻz mahallasi yoki qishlogʻidan boshqa joyni koʻrmagan, hayot tajribasi yoʻq yoshlarni aldab xorijga olib ketadi. Oʻsha yoqlarga borib, boshqa bir tuban insonlarga sotib yuborishdek jinoyatni amalga oshiradi. Bir amallab yoshlarni ishontirgan firibgarlar ularning pasportini goʻyo samolyot yoki poyezdga chipta olish yoki borgan davlatida mehmonxonaga rasmiylashtirish bahonasida olib qoʻyadi-da, qaytarib bermaydi. Hujjatsiz qolgan odam yillar davomida qulday ishlashga majbur. Bunday aldovlarga laqqa tushgan yoshlar horijda hech kimni tanimaydi, oʻziga huquqiy himoya koʻrsatadigan manzilni bilmaydi, Qoʻlida pasporti boʻlmagan yigitlar quldek turli qurilishlarda kecha-yu kunduz ishlatilib, ne-ne mashaqqat bilan uyiga qaytib keladi. Qizlar esa xorijdagi turli-tuman tungi klublar ixtiyoriga sotilib, u yerlarda pul, boylik quturtirgan jirkanch va vahshiy kimsalarning iflos panjasiga tushadi...

Hulosa qilib aytganda, dunyoning biror joyida tekinga bir burda non ham berilmasligini yoshlarimiz anglab yetishlari kerak. Xalqimizda shunday bir ibora bor: “tekin pishloq ham faqat sichqon tutadigan qopqonda boʻladi”. Shunday ekan, tekin pishloqni orzu qilib qopqonga tushib qolmang. Eng muhimi, hech kim oʻz yurtidagidek tinch va osoyishta osmonni, kerak boʻlsa, oʻz yurtidagidek emin-erkin hayotni hech qayerdan topa olmaydi.

Shukurlar boʻlsinki, ishlab, halol pul topib hayot kechiraman, degan insonga yurtimizda ham ish topiladi. Ayniqsa, tadbirkorlik qilaman, degan insonga imtiyozli kreditlar va oʻz biznes-rejasini amalga oshirish uchun turli sharoitlar yaratib berilgan. Demak, aziz tengdoshlar, yurtimizning ozod va obodligiga, hayotimiz farovonligiga biz ham hissa qoʻshaylik. Yuqoridagi kabi iflos kimsalar makriga uchmaylik. Ogoh boʻling. Zero, ogohlik – davr talabi.

Nursuluv Toʻqliboyeva,

Qipchoq qishlogʻi, “Yosh muxbirlar posti” aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019