Qoraqalpogʻiston xalq shoirasi Guliston Matyoqubova 70 yoshda. “Chilpiq qalʼa” qoʻrgʻoni bagʻrida sheʼr va qoʻshiq jarangladi
Yaqinda Qoraqalpogʻiston xalq shoirasi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat mukofoti sohibasi Guliston Matyoqubova bilan NDPI qoshidagi Amudaryo akademik litseyi ijodkor yoshlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Qadim “Chilpiq qalʼa” qoʻrgʻoni bagʻrida Amudaryo tuman hokimligi va tuman xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda oʻzining betakror ijodi bilan el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan Guliston Matyoqubova yoshlarga qadim, hamisha navqiron oʻlka – Qoraqalpogʻiston zaminidagi osori-atiqalar, tarixiy inshootlar, jasoratli va matonatli ajdodlarimiz haqida gapirib berdi. Oʻquvchi-yoshlar shoira ijodidan namunalar oʻqidilar. Oʻz navbatida Guliston Matyoqubova soʻnggi yillarda yozgan sheʼrlaridan oʻqib berdi.
Uchrashuv jarayonida amudaryolik ijodkor-yoshlar ustoz shoira bilan “Chilpiq qalʼa” qoʻrgʻoni boʻylab sayohat qildilar. Ularga shoira mazkur tarixiy inshoot haqidagi asl tarixiy haqiqatlar xususida rapirib berdi.
Shundan soʻng tumandagi 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, Guliston Matyoqubova ijodining muxlisi, xushovoz xonanda Nuraddin Yoqubov shoira sheʼrlari bilan aytiladigan yangi qoʻshiqlarini ijro etdi.
Qadim “Chilpiq qalʼa” qoʻrgʻoni poyida shovullab oqayotgan Amudaryo kabi maftunkor kuy-qoʻshiqlar, sheʼrlar bepoyon kengliklar sari qanot yozdi.
Sheʼr-u shuur, kuy va qoʻshiq jaranggi, sayohat zavqi koʻngillarga xush kayfiyat bagʻishladi.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶