ÖQITUVÇI MEHNATI SAMAPASI ÖQUVÇI KAMOLIDA AKS ETADI
Öqituvçilik – igna bilan quduq qazişdek maşaqqatli kasb deyişadi. Axir sinfxonani töldirib ötirgan öttiz nafarça turli oilada, turli şaroitda voyaga yetayotgan öquvçilarning har birining köngliga yöl topiş, ularni kundalik dars maşğulotlarini puxta özlaştirişlariga erişiş oson emas. Agar öqituvçi bilan öquvçi orasida döstona, samimiy munosabat örnatilmas ekan, u holda muvaqqiyatga erişiş muşkul.
Ayrimlar dars jarayonida qattiqqöllik tarafdori. Sinfda öqituvçining öquvçilarga şunday munosabati dars jarayonida bolalarning boşqa narsalarga çalğişiga yöl qöymaydi, maşğulotni diqqat bilan tinglaydi deb hisoblaşadi. Agar şunday bölsa tartibli, darsda jimgina ötiradigan bolalarning orasida ham yaxşi özlaştirmaydiganlari borligini qanday izohlaş mumkin?
Tajribalar şuni körsatmoqdaki, qaçonki öqituvçi öz kasbini sidqidildan sevsa, tinmay öqib izlansa, maşğulotda ötilayotgan mavzuni darslikdan taşqari ham qöşimça maʼlumotlar bilan boyitib, öquvçining diqqatini torta oladigan darajada qiziqarli tarzda ötişga erişsa, albatta natija quvonarli böladi.
Bunda ötilgan mavzu yuzasidan qiziqarli savollar tuzib, butun sinfga havola qiliş, eng aniq va batafsil javob bergan öquvçini rağbatlantirib boriş ham butun sinf öquvçilarining faolligi oşişiga xizmat qiladi.
Sinfda butun öquvçilarning diqqat-eʼtiborini maşğulotga torta olgan öqituvçi muvaffaqiyatlarga erişişi şubhasiz.
Bugungi kunda öqituvçilarning öz kasbiy mahoratini oşirişlari, maşğulotlar jarayonida yangi innovatsion uslublardan foydalanişi uçun barça şaroitlar bor. Ayniqsa, joriy yildan boşlab öqituvçilarning paxta yaganasi, terimi, obodonlaştiriş işlariga jalb qilinmayotganligi belgilangan har bir maşğulotni öz vaqtida sifatli ötişga imkoniyat yaratdi.
Endilikda biz öqituvçilar bor kuç-imkoniyatlarimizni bugungi tezkor davrda hayotda öz örnini topişga qodir bölgan yoşlarni kamolga yetkazişga safarbar etişimiz lozim. Bizning mehnatimiz samarasi öquvçilarimiz kamolida aks etadi.
Nafisa Safarboyeva, 31-maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶