ISTEʼMOLChI HUQUQI HIMOYa QILINDI
Amudaryo tumanining Qilichboy ovulida yashovchi fuqaro S. Erkayev doʻkondan yangi suv chiqaruvchi dastgoh sotib olgan. Ammo uning tomorqa yerlarini sugʻorishda foydalanish maqsadida 495000 soʻmga sotib olgan nasosi bir kunga ham yetmay ishdan chiqib qolgan.
S. Erkayev nosoz nasosni doʻkonga qaytarib olib borib, yangisiga almashlab berishni iltimos qiladi. Shunda sotuvchi xaridorga qoʻpol muomalada boʻladi va nosoz nasosni yangisiga almashlab bermasligini aytadi.
Shundan keyin isteʼmolchi S. Erkayev bu masala boʻyicha tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilgan. Isteʼmolchi murojaati oʻrganib chiqilib, sotuvchiga qonun doirasida uning haq-huquqlari tushuntirilgan va xaridorning nosoz nasos uchun toʻlagan 495000 soʻm puli qaytarib olib berilgan.
Isteʼmolchi S. Erkayev amaliy yordam uchun tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶