18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:23
Jamiyat 👁 1,439

MAHALLALAR TINCh, JINOYaT VA HUQUQBUZARLIKLAR KAMAYMOQDA

MAHALLALAR TINCh, JINOYaT VA HUQUQBUZARLIKLAR KAMAYMOQDA

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017-yildagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” qilib belgilangan. Tuman IIB tomonidan har payshanba kuni qarorga muvofiq amaliy ishlar qilinmoqda.

Navbatdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” Qilichboy ovulidagi “Xizr eli” mahallasida yashovchi aholi bilan uchrashuvdan boshlandi. Uchrashuvda tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, tuman Prokuraturasi xodimi Sulton Uzoqbergenov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Aziz Qurboniyozov, mahalla oqsoqoli Otajon Oʻrozboyev hamda mahalla faollari, fuqarolar ishtirok etdilar.

Shu kuni Ichki ishlar boʻlimi, ommaviy axborot vositalari xodimlari va hudud profilaktika inspektori ishtirokida “Xizr eli” mahallasidagi 46-maktabda “Davomat” tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda maktabning 1-navbatida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtayotgan sinflardagi oʻquvchilarning davomati, oʻqituvchilarning darsga tayyorgarliklari, sinf xonalaridagi sharoitlar, darsliklar va tutilayotgan daftarlarning holatiga ham eʼtibor qaratildi. Dars mashgʻulotlariga sababsiz qatnashmayotgan oʻquvchilar aniqlanib, tegishli choralar koʻrilishi belgilandi.

“Davomat” tadbiri Qilichboy ovulidagi Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji va 69-maktabda ham oʻtkazildi. Kollejda oʻquv mashgʻulotlarida qatnashayotgan 2 ta 1-bosqich guruhlarida oʻquvchilar toʻliq qatnashayotganligi aniqlandi. Tadbir nazoratchilari ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etilgan 2- va 3-bosqich guruhlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bilan suhbatda boʻlib, oʻquvchilarning biriktirilgan korxona va tashkilotlarda amaliyotni qay tarzda oʻtkazayotganligi, sharoitlari bilan qiziqdi.

Ovulda 69-maktabda davom ettirilgan tadbirda ham dars mashgʻulotlari oʻtkazilayotgan sinflardagi oʻquvchilar davomati, daftar va darsliklar ahvoli kuzatildi. Sababsiz dars qoldirayotgan oʻquvchilar hamda boshqa kamchiliklar va muammolar boʻyicha hudud profilaktika inspektori, maktab maʼmuriyati joyida muhokama qilib, yechim topishga harakat qildilar.

Shu kuni rejaga muvofiq IIBning Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasining Jazoni ijro etish inspektsiyasi tomonidan jazoga hukm qilingan mahkumlar bilan ham profilaktik suhbat oʻtkazildi. Profilaktik tadbirlarda axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari jazosiga, shartli hukm qilingan, muayyan huquqdan mahrum qilingan, ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan mahkumlar oʻrtasida oʻz qilmishidan pushaymon boʻlish hissini uygʻotish va qilmishining oqibatini anglatish maqsadida keng tushuntirish olib boriladi.

Axloq tuzatish va majburiy jamoat ishlari jazosiga hukm qilingan mahkumlar ishlayotgan tashkilotlarga muntazam borib, ularning ahvoli, xulq-atvori nazorat qilinmoqda.

Oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida inspektsiya hisobidagi axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan barcha mahkumlar ish bilan taʼminlanib, ishiga yordam koʻrsatilib, ularning ish haqidan jami 19 mln. soʻmdan ziyod mablagʻ davlat foydasiga undirilayotgani aniqlandi. Undan tashqari, oʻtgan 4 oy davomida qilmishidan pushaymon boʻlib, toʻgʻri yoʻlni tanlagan 36 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, hisobdan chiqarildi.

Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tumandagi transportlar koʻp harakatlanadigan chorrahalarda ham reydlar oʻtkazildi. Yoʻllarda qoidani buzgan transport egalari ogohlantirilib, tegishli choralar koʻrildi. Piyodalar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari sodir etilishining oldini olish maqsadida taʼlim muassasalari oʻquvchilariga yoʻl harakati qoidalari boʻyicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, taʼlim muassasalarida masʼullar bilan oʻquvchilarning maktabga kelish va ketish vaqtlarida alohida jadval asosida maktab oʻqituvchilarining navbatchiligini tashkillashtirishga va shu yoʻl bilan yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga kelishib olindi.

Profilaktika kuni munosabati bilan savdo shoxobchalari, oshxona, kafe, bar va restoranlarda tungi reyd oʻtkazildi. Mazkur joylarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosi, mast holdagi shaxslar tomonidan sodir qilinadigan bezorilik va jinoyatlar oqibati, ularning oldini olish chora-tadbirlari haqida keng tushunchalar berildi.

Tumanda huquqni muhofaza qiluvchi va davlat idoralari, jamoat tuzilmalari tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatning oldini olish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida oʻtgan davr mobaynida umumiy jinoyatchilik 63 foizga kamayishiga erishildi. Jumladan 40 ta ovul va mahallada jinoyat sodir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmadi. Qolganlarida ham nisbatan kamaydi. Jamoat joylari va koʻchalarda huquqbuzarlik, jinoyat sodir boʻlishi kuzatilmadi. Bezorilik, tovlamachilik, qasddan badanga yengil va oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish kabi jinoyatlar 100 foizga kamaydi. Ammo bu bilan cheklanib qolmasdan, tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilganlarni “issiq izi”da fosh etish uchun hamkor organ va idora-tashkilotlar tomonidan profilaktika samaradorligini yanada oshirishga harakat qilinmoqda. Bu boʻyicha belganlangan chora-tadbirlar tuman huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarning “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan boʻlib, shu asosda ish olib borilmoqda.

Barcha ellar istagi – osoyishta yashash, tilagi – tinchlik. Bu esa oʻz-oʻzidan boʻlmaydi. Tinchlik va osoyishtalikni saqlashga har bir inson oʻzini masʼul deb bilsa, oʻz huquqlarini anglab yashasa va toʻgʻri yoʻldan yursa, bunday mamlakatda, albatta, tinch va farovon turmush barqaror boʻladi. Shunday ekan, yurtimizda tinchlik hukmron boʻlishiga, jamiyatimiz ravnaq topishiga har birimiz hissa qoʻshaylik!

Ozoda XUDOYBERGANOVA,

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026