“Chilpiq” atrofida biznes qilishni xohlaysizmi?
Mavzuga oid xabar: Janubiy Amerikadagi «Chilpiq» haqida eshitganmisiz?
Turizmni rivojlantirish va sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Respublika miqyosida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Amudaryo tumani hududidagi “Chilpiq” tarixiy yodgorligi atrofini obodonlashtirish, drenaj ishlarini olib borish, sanitar-gigiyenik shoxobcha qurish, atrofida piyodalar yoʻlakchasini tashkil qilish belgilangan. Bu borada qurilish tashkilotlariga eʼlon qilingan hamda qurilish ishlari tuman hokimligi tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda tuman hokimi oʻrinbosari P.Salayev xalq deputatlari tuman Kengashining 47-sessiyasidagi hisobotida aytib oʻtdi.
Ushbu tarixiy yodgorlikni tuman turizm markaziga aylantirish maqsadida uning atrofida tungi yoritish chiroqlari oʻrnatib, sayyohlar dam olishi uchun “qor uy”lar hamda ovqatlanish maskani tashkil qilish, hovuzlar qurish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun tashabbuskorlar izlanmoqda.
Agar Sizda mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyat va ishtiyoq boʻlsa, tuman hokimligining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha majmuasiga murojaat qilishingiz mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶