Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni keng nişonlandi (+video)
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan Manğit şahridagi istirohat boğida bayram tadbirida ötkazildi. Unda maktabgaça taʼlim muassasaslari tarbiyalanuvçilari baxtiyor bolalikni, bolajon xalqimizni, ozod va obod Vatanimizni madh etuvçi kuy-qöşiqlar ijro qildi. Bayram tadbiri avvalida bolajonlar orasida ötkazilgan asfaltga, qoğozga rasm çiziş böyiça tanlovlar, sport musobaqalari ğoliblari taqdirlandi.
Tuman hokimi örinbosari Xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova barçani bayram bilan qutlab, “Bolalarga bering, dunyoni” şiori ostida, ötkazilayotgan tantananing maqsad-mohiyati, yurtimizda bolajonlarning beğam, betaşviş va soğlom ösib-ulğayişlari uçun amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar haqida gapirdi.
Ha, xalqimizning kelajak uçun rejalaştirayotgan uluğvor maqsadlari bugun ota-onasi qölidan tutib, dunyoga hayrat bilan boqayotgan murğak bolajonlar kelajagi bilan çambarças boğliq.
Ezgu niyatlar bilan yurtimizda amalga oşirilayotgan “Soğlom ona – soğlom bola” kontseptsiyasi özining ijobiy natijalarini berayotgani quvonarlidir. 2016-yilda nufuzli xalqaro taşkilotlar tomonidan ötkazilgan reyting natijalariga köra, Özbekiston bolalar salomatligi muhofazalangan yetakçi önta davlatning biri sifatida eʼtirof etildi. Rivojlaniş körsatkiçlari böyiça bolajonlarning 92 foizi Jahon Soğlikni saqlaş taşkiloti standartlariga mos keladi.
Şunday ğamxörliklar bilan ulğayayotgan biri-biridan şirin, biri-biridan zukko bolajonlarning 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan tayyorlangan maxsus adabiy-musiqiy dasturni tomoşa qilib, köngli çindan-da, quvonçga töldi.
Maktabgaça taʼlim muassasalari tarbiyalanuvçilarining zavqli tomoşalari tugagaç, tuman Madaniyat bölimi tasarrufidagi madaniyat va aholi dam oliş markazlarida faoliyat körsatayotgan tögaraklar iştirokçilari ijrosida kuy-qöşiqlar yangradi. Tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan maxsus teatrlaştirilgan kontsert tomoşalari ham bolajonlarga bayram tuhfasi böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶