18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:24
Jamiyat 👁 1,410

KITOBXONLIK OYLIGI muvaffaqiyatli yakunlandi

KITOBXONLIK OYLIGI muvaffaqiyatli yakunlandi

Joriy yilning 20-aprelidan 20-mayigacha “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida tumanimiz boʻylab “Ommaviy kitobxonlik oyligi” oʻtkazildi. Bir oy davom etgan mazkur tadbirda tumanimizning eng chekka hududlari ham qamrab olinib, unda 1000 dan ortiq oʻquvchi-yoshlar va ularning ota-onalari katta qiziqish va ishtiyoq bilan ishtirok etdilar. Ommaviy kitobxonlik oyligida “Sayyor kitob karvoni” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Doʻrman ovulidagi 20-sonli maktabdan boshlangan loyiha doirasidagi tadbirlar 15-, 44-, 9-, 32-, 41-, 22-sonli maktablarda, shuningdek, Qipchoq ovulidagi Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji hamda Amudaryo akademik litseyining yosh kitobxonlari davrasida nihoyatda joʻshqinlik bilan davom etdi.

Tumanimizning Doʻrman, Qipchoq, “Oq oltin”, Kuyuk koʻpir ovullaridagi oʻquv muassasalarida oʻtkazilgan “Sayyor kitob karvoni” loyihasi doirasidagi “Koʻchma kutubxona”, “Koʻchma kitob doʻkoni” yuzlab kitobxonlarni jalb etgan boʻlsa, “Eng yaxshi sovgʻa – kitob”, “Kutubxonaga kitob sovgʻa qilaman” aktsiyalarida yoshlar va ularning ota-onalari faollik bilan ishtirok etdilar.

Oylikning uchinchi oʻn kunligi yanada quvonchli lahzalarga boy boʻldi. 14-may kuni Kuyuk koʻpir ovulida Amudaryo televideniyesi, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida 1000 ga yaqin kitob fondiga ega kutubxona tashkil etildi.

40-sonli maktabda esa oʻquvchi-yoshlar bilan ijodkorlarning uchrashuvi tashkil etilib, sheʼrxonlik, adabiy-badiiy mavzudagi suhbatlarda Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi tarixchi-ijodkor, shoir va publitsist Qurbon Shoniyozov ishtirok etdi.

Ommaviy kitobxonlik oyligi 19-may kuni tumanimizning kitobxon yoshlari ishtirokida Amudaryo akademik litseyida oʻtkazilgan adabiy-musiqiy uchrashuv bilan yakunlandi.

“Kitob – maʼnaviyat chashmasi” nomli tadbirni iqtidorli suhandon Oybek Begimov va uning shogirdi Shohista Rahimboyevalar mahorat bilan boshqardi.

Uchrashuvga tashrif buyurgan, xalqimiz sevgan mashhur shoirlar Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, 500 dan ortiq sheʼrlari qoʻshiqqa aylangan xorazmlik otashnafas shoir Oshiq Erkin (Madrahimov), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Xalilla Davlatnazarov, yosh iqtidorli shoir Alisher Darvesh (Sobirov), tumanimizda yashab ijod etayotgan ustoz shoirlardan Tursunboy Abdullayev, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, shoir Ahmad Nafasovlar oʻz ijod namunalarini kitobxon yoshlar bilan baham koʻrdilar.

Tadbirda tuman Madaniyat boʻlimining xushovoz xonandalari Murodjon Ibragimov, Vahobjon Abdullayevlar oshiq Erkin va Xalilla Davlatnazarov qalamiga mansub sheʼrlar bilan aytiladigan ashulalarni ijro etishdi. 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchi-yoshlari ijrosidagi musiqiy ohanglar uchrashuvga yanada fayz bagʻishladi.

Uchrashuv tadbirida kitobxon yoshlar uchun viktorina savollari ham berildi. Viktorina savollariga toʻgʻri va aniq javob bergan ishtirokchilarga tadbir tashkilotchilari tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.

Tadbir doirasida “Jayxun ilhomlari” NNT va “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maʼnaviy muharrirlik qilgan yosh ijodkorlar — 22-sonli maktab oʻquvchisi Umida Yerdoshevaning “Oʻzligingdan aylanay, oʻlkam”, 36-sonli maktab oʻquvchisi Iroda Yerdoshevaning “Mehr chashmasi”, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litsey oʻquvchisi Qunduzoy Yusupovaning “Kurtak” hamda yosh hunarmand qiz Aziza Madrahimovaning “Bahordan darak” deb nomlangan kitoblari taqdimoti oʻtkazildi.

Taqdimotda jurnalist Robiya Yoʻldosheva yosh ijodkorlarning kitoblari va ular qalamga olgan rang-barang mavzular haqida, shuningdek, shoira qizlarning intilish va orzulari xususida batafsil maʼlumot berdi.

Boʻlib oʻtgan mazkur adabiy-musiqiy uchrashuv tadbiri tumanimiz yoshlari uchun haqiqiy mutolaa bayramiga aylanib ketdi va yosh kitobxonlar qalbiga olam-olam zavq bagʻishladi.

Robiya Yoʻldosheva.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026