IBPATLI OILA – JAMIYaT KÖPKI
Oila – muqaddas qörğon. Oila qadriyatlari, asrlar oşa avloddan-avlodga ötib kelayotgan anʼana va urf-odatlar esa oilaning har bir aʼzosi uçun qadrli. Ayniqsa, nuroniy otaxon va onaxonlarimizning öziga xos hayotiy tajribalari jamiyatimiz közgusi bölgan ibratli oilalarning şakllanişida muhim ahamiyat kasb etadi.
15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tumanimizda 10-17-may kunlari oila haftaligi ötkazildi. Haftalikda ovul va mahallalarda istiqomat qiluvçi barça oilalar qamrab olinib, ularning turmuş tarzlari, mahalla ijtimoiy-maʼnaviy hayotida tutgan örni, oilalarda yaratilgan işbilarmonlik va öziga xos tarbiyaviy muhit masʼullar tomonidan örganib çiqildi.
Özbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot Markazining tuman bölimi hamda tuman Xotin-qizlar qömitasi hamkorligida ötkazilgan uşbu haftalik davomida Xalqaro oila kuniga bağişlangan “Ibratli oila” respublika körik-tanlovining mahalla bosqiçi ham bölib ötdi. Unda har tomonlama yetuk va barkamol farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan, öz oilalarida hayotning abadiyligini, avlodlar davomiyligini taʼminlagan, muqaddas urf-odat va anʼanalarimizni saqlagan, kelajak nasllarni munosib insonlar qilib voyaga yetkazib, ona Vatan ravnaqiga munosib hissa qöşib kelayotgan oilalarning sohib va sohibalari “Ibratli oila” körik-tanlovining mahalla bosqiçi ğoliblari böldilar.
Joriy yilning 17-may kuni Manğit şahridagi istirohat boğida Xalqaro oila kuni munosabati bilan ötkazilgan oila haftaligida faol iştirok etgan “Ibratli oila” körik-tanlovining mahalla bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda tumanimizdagi ovul va mahallalarda istiqomat qiluvçi tadbirkor oilalarning işlab çiqargan va yetiştirgan mahsulotlaridan taşkil topgan körgazma ham namoyiş etildi. Hunarmand Abduşarif Maşaripov, yoş innovatsiyaçi Abrorbek Hayitboyev, tikuvçi-modeler Tamara Yusupovalarning mahsulotlari barçaga manzur böldi.
Ğoliblarni taqdirlaş marosimida tuman Xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova oila haftaligida faol iştirok etgan tumanimizdagi ibratli oilalarning öziga xos gözal tutumlari, ularda şakllangan milliy mentalitetimizga mos maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya usullarini barçaga namuna qilib körsatdi hamda bu oilalarda voyaga yetgan farzandlarning hayotda erişayotgan yutuqlari, “Ibratli oila” körik-tanlovining ahamiyati haqida gapirdi.
Şuningdek, Özbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot Markazining tuman bölimi rahbari Gulşod Yusupova, “Gulzor” mahallasida istiqomat qiluvçi ibratli oila sohibi Abdulla Xöjametov, “Döstlik” mahallasida istiqomat qiluvçi Jongilbeka hoji Pahim Bobojon qizi va boşqalar ham sözga çiqişib, mustahkam oilaning şakllanişida milliy urf-odat va anʼanalarning ahamiyati ğoyat muhim ekanligini taʼkidladilar.
“Ibratli oila” respublika körik-tanlovining mahalla bosqiçi ğoliblari taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandilar va mazkur körik-tanlovning joriy yil iyun oyida bölib ötadigan tuman bosqiçiga yöllanma oldilar. Tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan maroqli kontsert dasturi barçaga xuş kayfiyat bağişladi.
Pobiya YÖLDOŞEVA.
Suratda: «Ibratli oila» körik-tanlovining tuman bosqiçi iştirokçisi,
Arna böyi mahallasida yaşovçi Tovboyevlar oilasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶