“Boʻz yop” ovulida sayyor qabul oʻtkazildi
Sektorlar tizimida olib borilayotgan samarali faoliyat natijasida aholini qiynayotgan muammolarga joyida ijobiy yechim topilmoqda. Aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida har bir sektor hududlarda xonadonma-xonadon yurib, muammolar aniqlanmoqda hamda ular tegishli joylar bilan hamkorlikda bartaraf qilinmoqda.
Yaqinda “Boʻzyop” ovulida shu hudud boʻyicha sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Dilshod Ibragimovning ovul aholisi bilan uchrashuvi, sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Sayyor qabulda tuman hokimi oʻrinbosari M.Ahmedova hamda tijorat banklari, korxona-tashkilotlar masʼullari qatnashdilar.
Sayyor qabulda ishtirok etgan ovul aholisi suyultirilgan gaz balloni toʻldirish va tarqatish shoxobchasini tashkil etish, 10-maktabgacha boriladigan katta yoʻl boʻyidagi tungi chiroqlarni ishlatish, uy-joy qurish uchun yer ajratish, maktabgacha taʼlim muassasasi va ovul yoshlari uchun mini futbol maydonchasi qurish hamda boshqa muammolar bilan murojaat qildilar. Barcha murojaatlar joyida oʻrganildi va ularni hal qilish boʻyicha tegishli choralar belgilab olindi.
Shu kuni ovulda yashovchi nogironligi boʻlgan fuqaro Bogʻila Yoʻldoshevaga nogironlik aravachasi topshirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶