Mangʻit dehqon bozorida yongʻin boʻlsa, qanday harakat qilinadi?
Keyingi paytda dunyoning turli mamlakatlaridagi yirik savdo-koʻngilochar markazlarida turli darajadagi yongʻinlar sodir boʻlayotgani barchaga maʼlum. Bu kabi favqulodda vaziyatlar oqibatida qanchadan-qancha begunoh odamlarning vafot etganligi, iqtisodiy zarar koʻrilganligi dunyo mamlakatlari aholisini ogohlikka, hushyorlikka chorlamoqda. Har qanday vaziyatlarda ham oqilona harakat qilib, kishilarning hayoti xavfsizligini taʼminlash uchun barcha choralarni koʻrishga undamoqda.
Tumanimizda bu kabi noxush holatlar sodir boʻlishining oldini olish maqsadida 28-may kuni Mangʻit shahridagi “Dehqon bozori”da yongʻin sodir boʻlganda favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus taktik-oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Oʻquv mashgʻulotlarida tuman Ichki ishlar boʻlimi, tuman yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi, Tibbiyot birlashmasi, Elektr taʼminoti korxonasi vakillari ishtirok etdilar va yongʻin sodir boʻlishining oldini olish, shundan baxtsiz hodisa sodir boʻlganida toʻgʻri harakat qilish tartibi haqidagi bilimlarini mustahkamladilar.
Oygul Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶