DUNYo SIRA URUŞ KÖRMASIN!
Ikkinçi jahon uruşi insoniyat boşiga ne bir kulfatlarni solmadi. Onalar farzandlaridan, bolalar otalaridan, ayollar umr yöldoşlaridan judo böldi. Uruşning dahşati, ayriliq, oçlik xalqimizning tinkasini quritdi.
Yovuz duşman katta-katta şaharlarni vayronaga aylantirib, aholisini yoşu-qariligiga qarab ötirmasdan qirib taşladi.
– Haliga qadar u kunlarni eslasam, vujudimga titroq kiradi, – deya xotirlaydi Ikkinçi jahon uruşi iştirokçisi Yöldoş bobo Ortiqov. – Uruşga ketgan farzandining yöliga köz tikkan ota-onalar, otasini, umr yöldoşini kutayotgan bolalar va ayollar közidagi umid va ilinj, faqat dahşatli xabarlar eşitib, oğir mehnat bilan ötgan kunlar jang maydonlaridagi qirğinlar oldida heç gap emas edi. Buni qölimga qurol olib jangga kirgan kunimoq yaqqol his qildim.
1942-yilda Yöldoşni armiya safiga çaqirişganida endi 18 yoşni qarşilagan edi. Bu paytda elning tinç hayotiga rahna solgan duşmanga tobora nafrati ortib borayotgan qahramonimiz xabarni eşitgan zahoti, uruşga ketayotgan yigitlar safiga qöşildi. Harbiy tayyorgarliklardan söng, ular Moskva ostonasidagi jang maydonlariga jönatildi.
Maydondagi dahşatli janglar, har qadamdagi halok bölganlarning ayançli ahvoli, yaradorlarning ingraşlari yoş Yöldoşni biroz esankiratgandek böldi. Ammo duşmanga bölgan nafrati qatʼiyati va kuçini yanada oşirdi.
U qölidagi qurolni mahkam tutgança safdoşlariga qöşilib jangga kirdi. Ular bilan bir tanu bir jon bölib Vatan, xalq, oilasi himoyasi uçun köksini qalqon qildi. Ona zaminni yovuz faşist çangalidan asraş uçun jonini ham ayamasdan kuraşdi. Qança jonlarni qurboniga aylantirayotgan daydi öqlar Yöldoşni ham nişonga oldi. U öng qölidan yaralanib, oğir ahvolda harbiy gospitalga keltirildi.
Nihoyatda köp qon yöqotgan yigit ança vaqtda öziga keldi. Uzoq davolanişlardan keyin biroz ahvoli yaxşilangan Yöldoşni qişloğiga qaytarişdi.
1944-yilda qişloğiga qaytib kelgan Yöldoş Ortiqov ovuldoşlarining hamon uruş jabrini tortayotganini körib, nogiron bölsa ham tinç ötirolmadi. Şunday oğir kunlarda uyda yotişni öziga ep körmay, işlaşga çiqdi. Uruşga ketmasdan oldin ham işning hadisini olgan Yöldoşni darhol paxtaçilik brigadasiga tabelçilikka tayinlaşdi. Bu orada ovulning çaqqon qizlaridan biri Rahimaxon bilan turmuş qurdi. Epçil qiz ham oilani, ham daladagi işni birdek uddaladi.
– Uruşdan keyingi tiklaniş yillarida qimirlagan jon borki, böş ötirmasdi. Bolalarimning otasi çorvaçilik fermasiga çöpon bölib ötganidan keyin u yerga ham borib kömaklaşdim, sut soğuvçilikni zimmamga oldim. Erta tongdan qoronği tungaça tinim bilmas edik. U kunlarning ortda qolgani rost bölsin, – deydi mahzunlik bilan Rahima momo Ortiqova.
Yöldoş Ortiqov janglardagi qahramonliklari, ğalabaga qöşgan hissasi uçun qator jangovar orden-medallar bilan taqdirlandi. Rahima Ortiqova esa uruş yillaridagi front orqasi mehnat maydonlaridagi xizmatlari va gektarlab yerlardagi paxtalarni parvarişlab, rejasini ikki hissa oşirib bajargani uçun hukumat tomonidan munosib taqdirlandi. Tinç kunlarga şukrona aytib yaşayotgan Yöldoş bobo Ortiqov hamda Rahima momo Ortiqovalar oilasi “Boğ” mahallasidagi eng ibratli oilalardan. Bugun ular 5 nafar farzandning, 30 ga yaqin nevara va çevaralarning hamda elning ardoğida.
– Dunyoda uruşning nomi öçsin, – deya sözlaydi 96 yoşni qarşilagan Yöldoş bobo. – Bu kunlarga yetiş uçun qança qonlar tökilib, neça jonlar qurbon böldi. Juda katta maşaqqatlar, zahmatlar evaziga kelgan tinçlikning qadriga yetiş kerak.
Tinçlik – Yaratgan ato etgan oliy neʼmat. Hozirgi dorilomon kunlar ajdodlarimizning qon-u joni, mislsiz kuraşlari evaziga bunyod bölgan. Vatanimiz ozodligiga öz-özidan erişilmagan. Şunday ekan, har birimiz tinçlik uçun kuraşgan Yöldoş Ortiqov kabi otaxonlarimizni, jonini fido qilgan jangçilarimiz xotirasini eʼzozlab, tinçlikning qadriga yetib yaşaylik!
Dunyo endi sira uruş körmasin!
Ozoda XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶