16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:59
Jamiyat 👁 963

Olovli janglardan omon qaytib...

Olovli janglardan omon qaytib...

Ikkinchi jahon urushi boshlanganida qipchoqlik Oʻtamurod bobo Bozorboyev 16 yoshli oʻsmir edi. Har kuni qipchoqliklar guras-guras boʻlib jondan aziz farzandlarini urushga joʻnatish uchun Amudaryo boʻyiga chiqishar, ayollar, qariyalar, bolalar qiy-chuv qilishib, yelkalariga safar xaltalarini osib olgan yosh-yosh yigitlarni quchoqlab yigʻlashar, keksa otaxon va onaxonlar yigitlar barjalarga chiqib olishgach: “Oy borib, omon qaytinglar!” deb duo qilishardi. Bir necha qarindoshlari, qoʻni-qoʻshnilarini frontga kuzatib qolgan Oʻtamurod Bozorboyev hali oʻsmir yoshda boʻlsa-da oʻshandayoq urushning ayovsiz dahshatini his etgandi. Kunora qishloqning goh u, goh bu mahallasida kimningdir uyida aza ochilar, yosh kelinchaklar beva, goʻdaklar yetim boʻlib qolardi.

1943-yilning mart oyi har yilgidan koʻra iliq keldi. Bahorgi dala ishlaridan tun-u kun boʻshamayotgan Oʻtamurodni oʻsha kuni daladan toʻgʻri Qipchoq tuman harbiy komissariatiga chaqirib olishdi.

– Safar xaltalaringiz, kiyim-boshlaringiz taxt boʻlib tursin! – Harbiy hisob boʻlimi mudiri bu yerda hozir boʻlganlarga buyruq berdi.

Endigina 18 yoshga toʻlgan navqiron oʻgʻlini urushga kuzatish qanchalik ogʻir boʻlsa-da Bozorboy ota Oʻtamurodga oq fotiha berdi:

– Boshing toshdan boʻlsin, bolam, “El boshiga tushgan ish – er boshiga tushgani”, degan ota-bobolarimiz. Boshing omon boʻlsa, bir kuni koʻrishamiz...

– Amudaryo boʻylab barjada uzoq suzdik, – eslaydi otaxon qariyb 75-yil oldingi xotiralari haqida soʻzlarkan.

– Avval Xivada harbiy-taktik mashgʻulotlarda ishtirok etdik. Soʻng poyezdga chiqib, Chelyabinsk orqali Xarkov frontiga borib tushdik...

Ertasi kuni tongda daryoni kechib oʻtgan askarlar birinchi marta urushning qonli manzarasiga duch kelishdi. Daryo boʻyidagi 18 ta aravada yarador jangchilar yotishar, ularning orasida oʻlganlar ham bor edi.

– Qarshimizda nemislar, – dedi rota komandiri. – Bizning vazifamiz dushman turgan hududni aylanib oʻtib, oʻzimiznikilar safiga qoʻshilish va dushmanning ortidan zarba berish.

Yangi kelgan askarlar uchun topshiriqni bajarish oson kechmasligi aniq edi. Lekin yosh jangchilar xavf-xatarni pisand qilmay, oldinga intilishdi. Goh emaklab, goh yugurib to quyosh chiqqunga qadar dushman orqasiga oʻtib olishdi. Jang juda shiddatli boʻldi.

Ayovsiz jang oqibatida 13 nafar jangchidan 3 nafarigina omon qolishdi. Bir payt ular turgan okop tomon nemislarning bronetanki bostirib kela boshladi. Orqasida yuzga yaqin dushman jangchilari. Omon qolishning birdan-bir yoʻli okop ichiga muk tushib yotish. Rus millatiga mansub rota komandiri buyrugʻiga koʻra ular shunday qilishdi. Tank okop ustidan oʻtib ketdi. Dushman jangchilari ham ularni sezmadi.

– Ming bir azob bilan oʻrmonga, partizanlar qarorgohiga, partizanlar koʻmagi bilan oʻzimiznikilar safiga qoʻshildik. Oʻsha kuni tunda poyezd yoʻli yaqinida bir nemis zobitini asir olib, shtabga topshirdik. Ana shu nemis zobiti bergan maxfiy maʼlumotlar tufayli jangda burilish yasaldi. Bizga esa qoʻmondonlik tashakkurnoma bildirdi. Sal oʻtib “Jasorat” medali bilan taqdirlashdi.

Oʻtamurod Bozorboyevning jangovar hayot yoʻlida bunday voqealar koʻp boʻldi. Ayniqsa, Xarkovni ozod qilishdagi jasorati uchun oʻzi xizmat qilayotgan qism jangchilari unga ismini aytib emas, “geroy!” deb murojaat qiladigan boʻlishdi. Shiddat bilan bostirib kelayotgan tankni portlatib, oʻzi havodan yogʻilgan bomba taʼsirida tuproq ostida qolgan Oʻtamurod Bozorboyev koʻzini ochganida dala gospitalida yotar, nazarida butun dunyo sukunatda edi. U na gapira olar, na eshitardi. Quloqlari tom bitib, tildan qolgan Oʻtamurod ogʻir kontuziya olgan, badanining bir necha joyiga oskolka tekkan edi. Oʻsha jangdagi jasorati uchun Oʻtamurod Bozorboyev “Ulugʻ Vatan urushi” ordeni bilan taqdirlandi.

Oʻtamurod Bozorboyev gospitalda uzoq davolandi. 1944-yilning kuzida urushga yaroqsizligi uchun Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi. Yarimjon holatda qishlogʻiga qaytib kelgan Oʻtamurod Bozorboyev ahli el bilan birga mehnat frontida matonat bilan elga xizmat qildi.

– Kecha bilan kunduzning farqi qolmagan oʻsha paytlarda, oʻzim Xorazm viloyati suv xoʻjaligi boshqarmasida ishlasam-da, vaqt topib gʻoʻza tarbiyasiga ham chiqardim, – oʻtmishning ogʻir damlarini eslaydi Oʻtamurod bobo.– Alloh rahmat qilsin, Parda momongiz bilan ipak qurti ham parvarishlardik.

Oʻtamurod Bozorboyev umr yoʻldoshi Parda Nametovadan erta ayrildi. Uch oʻgʻil, toʻrt nafar qizning kenjasi 4 yoshda edi. Boshqa oila qurmadi. Farzandlarini oq yuvib, oq taradi. Barchasini kasb-korli el-yurtga mehrli qilib voyaga yetkazdi. Butun umr tumanning agrar sohasida mehnat qilib, nafaqaga chiqdi. Oʻgʻil-u qizlari, kelinlari, nevara-yu chevaralari bir yigʻilishib kelishsa bormi, boboning xonadoni toʻyxonaga aylanib ketadi. 7 nafar oʻgʻil-qizning oilalaridan ildiz otgan nevaralari 30 dan, chevaralari esa 50 nafardan ziyod. Shu boʻlsa kerak-da, pir-u badavlatlik baxti. Xotira va qadrlash kuni arafasida har yili Oʻtamurod boboning xonadoni yaxshilar qadamidan yanada koʻrkamlashadi.

Bobo oʻrtancha oʻgʻli Baxtiyor ogʻa Bozorboyev va kelinlarini duo qilishdan hech charchamaydilar.

– Bolalarimdan, hukumatimizdan mingdan-ming roziman, – quvonch va minnatdorlik bilan deydi Oʻtamurod bobo. – Ayniqsa, Prezidentmiz Shavkat Mirziyoyevning biz urush faxriylariga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrliklari cheksiz. Mana, ikki yil boʻldi, Prezident qarori bilan shundoq uyimizning ichkarisiga zamonaviy hammom qurib berishdi. Hamma xarajatlar toʻla davlat hisobidan. Oʻtgan yilda esa navbatsiz “Damas” avtomobilini xarid qildik. Nevaralarim xohlagan joyga mashinada eltib qoʻyishadi.

“Ulugʻ Vatan urushi” ordeni, “Jasorat” kabi jangovar medallar, turli yillarda berilgan yubiley medallari koʻksini toʻldirib turgan, 94 yoshga qadam qoʻygan Oʻtamurod bobo hamon tetik, bardam, xotirasi tiniq. Hatto muqaddas “haj” ziyoratini ado etish ishtiyoqi baland, har bir soʻzida dunyoga, el-yurtiga tinchlik, omonlik, toʻkinlik va obodlik tilayotgan bobo bilan xayrlasharkanmiz, biz ham eng ezgu, eng aziz tilaklarga qoʻshildik. Bobo duoga qoʻl ochdilar:

– Iloho omin, insoniyat hech qachon urush koʻrmasin, hattoki qushning ham uyasi buzilmasin, bolalarimiz omon, mehr-oqibatli boʻlsin!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019