Jamiyat
👁 520
XOTIRA KUNIGA BAGʻIShLANGAN SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI
Tumandagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maktab sportchilari oʻrtasida sportning futbol, stol tennisi, kurash, dzyu-do, karate, badiiy gimnastika, yengil atletika, shaxmat va ogʻir atletika turlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi. Barcha sport turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobqada sport maktabining yosh sportchilari oʻzaro kuch sinashdilar va bellashuvda bir-biridan ortda qolmaslikka harakat qildilar.
Bobolar jasoratidan namuna olib kamolga yetayotgan yosh sportchilardan har bir sport turi boʻyicha musobaqa gʻoliblari aniqlandi.
Musobaqada gʻolib boʻlgan yosh sportchilar BOʻSM maʼmuriyati tomonidan diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Hamida RAJABOVA, BOʻSM katta murabbiysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶