KITOBXONLIK BAYPAMIDA KITOB OʻQISh AHAMIYaTI TAPGʻIB ETILDI
Bolalarni kitobga oshno qilish, ularda mutolaa madaniyatini yuksaltirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Boisi oʻquvchi-yoshlarning barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishida kitoblarning oʻrni beqiyos.
Shuning uchun ham kitob mutolaasining ahamiyatini targʻib etuvchi tadbirlar koʻplab oʻtkazilayapti.
Yaqinda 69-sonli maktabda ham “Kitobxonlik bayrami” boʻlib oʻtdi.
Tadbirda maktabning 4-10-sinflaridan har bir sinf oʻquvchilari bitta badiiy asarni tanlab olib, ushbu asardan parcha sahnalashtirishdi va muallifi hayoti va ijodi haqida batafsil maʼlumot berishdi.
Maktab badiiy havaskorlar toʻgaragi aʼzolari ijod etgan kuy, qoʻshiq, raqslar tadbirning yanada qiziqarli boʻlib oʻtishini taʼminladi.
Tadbir soʻngida sahna koʻrinishlarini mahorat bilan ijro etgan, faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantirildi.
Yulduz Saidmurodova,
shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶