Sogʻ boʻling, shifokorlar!
Odatda tibbiyot xodimlari haqida gap ketganida, koʻz oʻngimizda dard iskanjasidagi bemorga yordam berishga oshiqadigan, vaqt bilan hisoblashmay ishlaydigan fidoyi insonlar gavdalanadi. Ammo ularning qoʻlidan shifo topib, sogʻligingiz tiklansa, hurmatingiz yanada oshadi. Buni men oʻz hayotimda yaqqol his qildim.
Men umr boʻyi tumanimizda sport sohasida oʻqituvchilik qildim. Oʻsmir yoshlar orasida sport bilan muntazam shugʻullanuvchilar koʻpayishi, tumanimiz sport nufuzi oshishi yoʻlida tinimsiz ishladim.
Odam keksalikka yaqinlashgani sari yoshlikdagi charchoqlar bilina boshlar, baʼzan esa tibbiy yordamga muhtoj boʻlar ekan. Men ham koʻzim ogʻrib, tumanimizdagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinika koʻz kasalliklari shifokorlari Komiljon Tojiboyev, Ilhom Xolimbetov, Tojiboy Doʻsonov, Gavhar Ollambergenovalar qabuliga tez-tez borib turaman. Har borganimda ular juda kutib olib, davo muolajalarini buyurishadi, yaxshi soʻzlar bilan koʻnglimni ancha xotirjam qilib yuborishadi.
Umuman, tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli qaysi boʻlimda boʻlsangiz ham sizga xushmuomala shifokorlar peshvoz chiqishadi. Shuning oʻziyoq shifokorlar haqida yaxshi taassurotlar qoldiradi.
Men bir faxriy oʻqituvchi sifatida birlashmada ishni qatʼiy tartib intizom asosida tashkil qilayotgan birlashma bosh shifokori Endirboy Abdullayevga, muovini Zarifboy Oʻrozimbetovga chuqur minnatdorchilik bildiraman va xalqimizning baxtiga sogʻ boʻling, deyman.
Baxtiyor RAJABOV, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶