Bilimlar bellashuvining Respublika bosqichi gʻoliblari
Maʼlumki, bilimlar bellashuvi oʻtkazilishi orqali tumanimiz umumtaʼlim maktablarida faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilarga Davlat taʼlim standartlarida belgilangan talablarning bajarilish holatini oʻrganish, tahlil qilish, oʻquvchilar bilimlaridagi boʻshliqlarni aniqlash va ularni toʻldirish uchun imkoniyat yaratiladi hamda har bir maktab va hududiy xalq taʼlimi boshqaruv idoralarining faoliyatiga baho berish imkonini beradi. Bilimlar bellashuvi Davlat taʼlimi standartlari taʼlim sifati monitoringi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.
Fanlar boʻyicha bilimlar bellashuvini oʻtkazishdan ham asosiy maqsad shu boʻlib, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Davlat taʼlim standartlarida belgilangan talablarning bajarilish holatini muntazam oʻrganib va tahlil qilib borish, oʻquvchilar bilimlaridagi boʻshliqlarni aniqlash va ularni toʻldirish choralarini koʻrish bilan birga iqtidorli oʻquvchilarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoit yaratish, har bir maktab, ularning rahbarlari, oʻqituvchilari hamda xalq taʼlimining hududiy boshqaruv idoralari faoliyatiga baho berish va reytingini aniqlashdan iborat.
Bu yilgi oʻquv yilida ham tuman XTB ga qarashli barcha taʼlim muassasalarida “Bilimlar bellashuvi” ning 1-, 2-bosqichlari oʻtkazilib, 30 nafar oʻquvchi 3-bosqich, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasiga ega boʻldilar. Respublika bosqichi yakunlariga koʻra, tumanimizning 3 nafar oʻquvchi yoshlari oʻzlari tanlagan fanlari boʻyicha mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.Ular - nemis tili fani boʻyicha 21-maktab oʻqituvchisi Muqaddam Qurbonboyeva tayyorlagan 7-sinf oʻquvchisi Diyorbek Koʻklanboyev, 29-maktab oʻqituvchisi Gulnora Davlatboyeva tayyorlagan 8-sinf oʻquvchisi Suhrobjon Jumamurodov, matematika fani boʻyicha 39-maktab oʻqituvchisi Ikrom Kazakboyev tayyorlagan 7-sinf oʻquvchisi Alisher Hayitboyevlardir. Shuningdek, 5-maktab oʻquvchisi Iroda Davlatboyeva frantsuz tili fani boʻyicha, 22-maktab oʻquvchisi Shahzod Qodirberganov, 34-maktab oʻquvchisi Shahnoza Xoʻrozovalar tarix fani boʻyicha, 39-maktab oʻquvchisi Yodgorbek Bozorboyev biologiya, 40-maktab oʻquvchisi Zebuniso Janonbekova kimyo, 67-maktab oʻquvchisi Sveta Xudoyorova ona tili va adabiyot, 76-maktab oʻquvchisi Sevara Baxtiyorova iqtisodiy bilim asoslari fani boʻyicha 2-oʻrini olishga erishdilar. Ishtirok etgan oʻquvchi-yoshlardan
7-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Dinora Tojimurodova ona tili va adabiyoti fani, 26-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Hulkaroy Xudoyberganova rus tili va adabiyoti fani boʻyicha 3-faxrli oʻrinni olishdi.
Tuman XTB ga qarashli umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faol ishtirok qilib, umumjamoa hisobida faxrli 3-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlishdi. Gʻoliblar diplom hamda qimmatbaho sovgʻa “Mandalina” markali qoʻl telefonlari bilan taqdirlandilar.
Ravshan Xolmurodov,
tumani XTB Taʼlim sifati monitoringi
boʻlimi bosh inspektor-metodisti,
Halq deputatlari tuman Kengashi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶