Tumanimizda faoliyat yuritayotgan yirik korxonalar va ularning alohida boʻlinmalari diqqatiga!
Amudaryo tumani statistika boʻlimiga taqdim qilinadigan 1-Moliya shakli choraklik hisoboti 2018-yilning 1-aprel sanasidan boshlab, oylik hisobotga oʻzgartirildi va hisobot davridan keyingi oyning 18-sanasigacha taqdim etilishi belgilab qoʻyilgan. Ushbu hisobotni oʻz vaqtida toʻliq taqdim qilishingizni soʻraymiz.
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi kichik korxona va mikrofirmalar 2018-yilning 1-choragidan boshlab 1-invest choraklik hisobotini hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha oʻz vaqtida taqdim qilishlari lozim.
Davlat statistika hisobot shakli Internet tarmogʻi vositasida davlat statistika hisobotlarini elektron koʻrinishda yigʻish avtomatlashtirilgan tizimi eStat 2.0 orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi.
eStat 2.0 tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (shablon)ni Oʻzbekiston Pespublikasi Davlat statistika qoʻmitasining www.stat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Qoraqalpogʻiston Pespublikasi statistika boshqarmasi tuman boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶