Harakatlar strategiyasi – yoshlar nigohida
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti muassisligidagi “Ilim ham jamiyet” ilmiy-metodik jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining grant tanlovida qatnashib, gʻolib boʻlgan edi.
Jurnal tahririyatining “Harakatlar strategiyasini yoshlarimiz bilishi kerak!” deb nomlangan loyihasi doirasida 28-aprel kuni Amudaryo akademik litseyida yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Davra suhbati shaklida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi” haqida keng turda tushunchalar berildi.
Uchrashuvda institutning professor-oʻqituvchilari va mutaxassislar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶