Maktabning “Tasanno” guruhi Xiva shahrida oʻz sanʼatlarini namoyish etishdi




Amudaryo tumani Mangʻit shahridagi 38-sonli maktabning musiqa fani oʻqituvchisi Ozoda Ahmedova oʻquvchilarga ashula va musiqa fanidan dars beribgina qolmay, maktabda oʻtkaziladigan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ham tashkilotchisi, maktabda tashkil etilgan “Tasanno” havaskor oʻquvchi-yoshlar guruhining rahbari hamdir.
Yaqinda “Tasanno” havaskor oʻquvchi-yoshlar guruhi aʼzolari uchun Xiva shahriga sayohat uyushtirishdi. Maktabning 1-7-sinflari oʻquvchilaridan iborat mazkur guruh aʼzolari Ozoda Ahmedova rahbarligida tarixiy Xiva shahrining diqqatga sazovor joylarida boʻlib, meʼmoriy obidalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek Xiva shahrini ziyorat qilishga kelgan sayohatchi yurtdoshlarimizga oʻz sanʼatlarini namoyish etdilar.
P. Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶