QOZOQ ŞOIRI ABAY QÖNONBOYeVNING IJODIY MEROSI ÖRGANILYaPTI
6-aprel kuni 15-sonli umumtaʼlim maktabida qozoq klassik adabiyotining asosçilaridan biri, buyuk şoir va mutafakkir Abay Qönonboyevning ijodiy merosini keng örganiş va tarğib qiliş maqsadida tadbir ötkazildi.
Maktabning 6- va 7-sinf öquvçilari va bir guruh öqituvçilari iştirokida ötkazilgan uşbu tadbirni maktab direktori M.Boltaboyev kiriş söz bilan oçib, uşbu tadbirni ötkazişdan közlangan maqsad haqida gapirdi.
Şundan keyin maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Dilnoza Jumanova sözga çiqib, A.Qönonboyev ijodiy merosini keng örganiş va tarğib qiliş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilinib, mamlakatimizning barça hududlarida uning umuminsoniy qadriyatlar va mehr-oqibat tuyğulari yuksak pardalarda tarannum etilgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz madaniyati rivojiga qöşgan ulkan hissasini inobatga olib hamda özaro madaniy-gumanitar aloqlarini yanada rivojlantiriş, el-yurtimizni qozoq adabiyotining uluğ namoyondalari ijodi bilan taniştiriş maqsadida köplab tadbirlar ötkazilayotganligi haqida gapirdi.
Tadbir davomida öquvçilar tomonidan buyuk şoir hayoti va ijodiga doir köplab maʼlumotlar keltirildi.
Tadbirda ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi A.Rahimova sözga çiqib, xalqimizning qardoş Qozoğiston xalqiga, uning betakror adabiyoti va madaniyatiga, yoruğ kelajagiga bölgan hurmati va işonçining yorqin ifodasi sifatida yurtimizda buyuk qozoq şoiri va mutafakkiri Abay Qönonboyevning ijodiy merosini keng örganiş va tarğib qilişga katta eʼtibor berilayotgani haqida gapirdi.
Buyuk qozoq şoiri va mutafakkiri A.Qönonboyev ijodiy merosini keng örganiş va tarğib qiliş maqsadida ötkazilgan uşbu tadbirda öquvçi-yoşlar şoir ijodidan namunalar öqidilar.
Laylo OLIMOVA, maktabda taşkil etilgan
“Muxbirlar posti” asʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶