Estetik fanlarga qiziqish yanada ortmoqda
Maktablarda fan oyliklari doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar, ochiq oʻquv mashgʻulotlari va turli koʻrgazmalar orqali oʻquvchilarga shu fan haqida chuqurroq va kengroq maʼlumot beriladi. Shuningdek, fan oʻqituvchilarining ham oʻz ustida yanada kengroq ishlashlariga imkoniyat yaratiladi.
57-sonli maktabda mazkur oyda “Estetik fanlar oyligi” oʻtkazilmoqda. Maktabda oylik munosabati bilan 7-,8-,9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Kim chaqqanu, kim epchil” tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda ishtirok etgan 7-,8-,9-sinf oʻquvchilaridan tashkil topgan jamoalar 5 ta shart asosida bellashdilar.tanloving tanishtiruv, dizayn sanʼati boʻyicha milliy kiyimlar rasmini chizish, jonli ijro, pazandalik, stol atrofida aylanish kabi shartlarini astoydil bajargan jamoalar aʼzolari oʻz epchillik va chaqqonliklarini koʻrsatdilar. Tanlov yakunida maktabning 9-sinf oʻquvchilaridan tashkil topgan jamoa 1-oʻrin, 8-sinf oʻquvchilari jamoasi 2-oʻrin va 7-sinf oʻquvchilari jamoasi 3-oʻrin gʻolibi boʻldilar.
Fan oyligi doirasida oʻtkazilayotgan barcha tadbirlar oʻquvchilarning estetik fanlarga boʻlgan qiziqishini yanada orttirmoqda.
Gulshod Sobirova,
57-maktabning tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶