DEHQON BOY – YuRT BADAVLAT
«Choykoʻl» ovulida yashovchi Davronbek Murodov 16 sotix yerining bir qismida moʻʼjazgina issiqxona qurgan. Issiqxona noanʼanaviy usulda, yaʼni kungay taraf qilib qurilgani uchun tabiiy ravishda isiydi va haroratni meʼyorda saqlaydi. Issiqxonaga bu yil Davronbek mahalliylashtirilgan «vodiy» qalampirini ekdi. Bundan tashqari, ertagi rediska, sarimsoqpiyoz, bodring, pomidor yetishtirishning hadisini olgan Davronbek, tomorqasining atrofiga ekilgan mevali daraxtlariga ham bahorgi ishlovni oʻz muddatlarida amalga oshirganidan yilning toʻrt faslida ham oila dasturxoni toʻkin-sochin.
Olma, uzum, oʻrik, gilos, olchaning eng sarxil navlaridan moʻl hosil yigʻib olishadi. Davronbek Murodovning oʻz oila chorvasi, kurka-yu tovugʻi keltirayotgan daromad ham havas qilarli.
– Prezidentimiz tomorqa xoʻjaligini rivojlantirishni kun tartibiga olib chiqqanlari bekorga emas, – deydi Davronbek Murodov. – Chunki behisob daromad manbai boʻlgan yerga eʼtibor qaratmay, tomorqasini qarovsiz tashlab qoʻyganlar ham bor, oramizda. Men yurtdoshlarimizga chin dildan murojaat qilardim:
– Qadrli yurtdoshlar, yerimizning har qarichi oltinga teng. Biz ana shu oltinning qadriga yetsak, ertaga uning har zarrasi hamyonimizni, xonadonimiz xazinasini boyitadi. Faqat salgina hafsala, intilish kerak, xolos.
Bugun kechagidan koʻra yaxshiroq yashashimiz, ertaga bugungidan ham boy-badavlat boʻlishimiz uchun ishonchli kafolat tomorqamiz ekanligini unutmaylik!
Ha, azizlar davlatimiz rahbarining ham talabi bitta – oʻzimizni, oʻz oilamizni oʻzimiz taʼminlasak, oilamiz ehtiyojidan ortganini qoʻshnilarga, el-yurtga ilinsak, bizdan boy-badavlat inson boʻlmaydi. Ana shunda har birimizning qalbimizda hayotdan rozilik kayfiyati uygʻonadi.
Robiya Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶