XOTIN-QIZLAP BILAN IShLASh VA OILAVIY QADPIYaTLAPNI MUSTAHKAMLASh BOʻYIChA MUTAXASSISLAP UChUN KOʻPGAZMALI SEMINAP OʻTKAZILDI
Prezidentimizning “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi oʻrniga shu yil 1-apreldan tegishli shtat birliklari tuman xotin-qizlar bilan ishlash qoʻmitalari tuzilmasiga oʻtkazilib, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etildi. Shunga koʻra tuman hokimligidagi xotin-qizlar qoʻmitasi tarkibida ham xotin-qizlar bilan ishlash va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar tayinlanib, mahallalarda ish boshladi. Tumanda 5 hududda xotin-qizlar qoʻmitasining yangidan ish boshlagan xotin-qizlar bilan ishlash va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar uchun koʻrgazmali seminarlar tashkil qilindi.
Koʻrgazmali seminar dastlab “Gulzor” mahallasida oʻtkazildi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Ashirboy Qoʻshayev hamda shahar hududidagi xotin-qizlar bilan ishlash va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar ishtirok etdilar.
Koʻrgazmali seminarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Ashirboy Qoʻshayevlar soʻzga chiqib, xotin-qizlar bilan ishlashish samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qilinishi lozim boʻlgan ishlar haqida gapirdilar.
Koʻrgazmali seminar “Kuyuk koʻpir”, “Boʻz solma”, “Daryo boʻyi” mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda Toshyop ovulida ham oʻtkaziladi. Seminarlarda tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova soʻzga chiqib, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilab berilgan mutaxassislarning asosiy vazifalari, huquq-majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi haqida maʼlumot berib, xotin-qizlar boʻyicha barcha masalalarda ularga yaqindan koʻmakchi boʻlish lozimligini aytib oʻtdi.
Shu bilan birga koʻrgazmali seminarda Nizomdan kelib chiqqan holda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar uchun namunaviy ish rejalar va yuritilishi lozim boʻlgan hujjatlar bir mahalla misolida koʻrsatib berildi.
Koʻrgazmali seminarlarda ishtirok etgan yangidan ish boshlayotgan barcha mutaxassislar faoliyatlari boʻyicha maʼlumotga ega boʻldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶