KITOB VA KITOBXONLIK TARGʻIBOTI
Amudaryo televideniyesi tahririyati Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tashkil etgan grant tanlovida “Odobli bola – el koʻrki” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻlgan edi.
Yaqinda 28-maktabda grant loyihasi doirasida “Odobing-ziynating” deb nomlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatini maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Bahodir Soburov ochdi va olib bordi.
Loyiha hamkorlaridan biri “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Oygul Rajabova yigʻilganlarga oʻquvchi- yoshlarning ham maʼnan, ham jismonan barkamol boʻlib voyaga yetishlari uchun davlatimiz gʻamxoʻrlikni kun sayin kuchaytirayotgani, shuningdek, oʻquvchilarning davlatimiz gʻamxoʻrliklariga javoban yaxshi ilm egallab, yurtimiz koriga yaraydigan insonlar boʻlib voyaga yetishga intilishi lozimligini taʼkidladi.
Oʻquvchilar va shu maktab oʻqituvchilari Dilbar Jumanazarova, Bahodir Soburovlar ham kun tartibidagi masala yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbati oʻquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
***
Joriy yilning 3-aprel kuni Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji axborot-resurs markazida Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Odobli bola – el koʻrki” grant loyihasi doirasida yoshlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida elektron shaklda kitob oʻqishga daʼvat qilish maqsadida davra suhbati shaklidagi uchrashuv tashkil etilib, yosh kitobxonlarga elektron kitoblar targʻib qilindi.
Avvalo oʻquvchi-yoshlar axborot-resurs markazidagi elektron kutubxona bilan yaqindan tanishdilar. Soʻngra, axborot-resurs markazi rahbari R.Romanova va kutubxonachi D.Boyjonovalar tomonidan tavsiya qilingan elektron kitoblar haqida maʼlumotlar oldilar.
Boʻlib oʻtgan davra suhbatida Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Robiya Yoʻldosheva, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, shoir Ahmad Nafasov, “Yangiobod” MFY raisi Zebogul Rajabova, shoirlardan Tojiboy Doʻsanov, Shomurod Xoʻjanovlar kitobxonlik madaniyati va kitobning inson hayotida tutgan oʻrni haqida gapirdilar.
Shuningdek, davra suhbatida oʻquvchi-yoshlardan Sadoqat Bozorboyeva, Aziza Oʻrozboyeva hamda Sevara Safarboyevalar oʻz fikrlari bilan ishtirok etdilar.
(Oʻz muxbirimizdan)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶