18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 07:05
Jamiyat 👁 1,092

MUSTAHKAM HAMKORLIK TAʼLIM SAMARASINI TAʼMINLAYDI

MUSTAHKAM HAMKORLIK  TAʼLIM SAMARASINI TAʼMINLAYDI

kunda yurtimizda koʻplab sohalar singari taʼlim tizimida ham keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Malakali mutaxassislar tayyorlash, kadrlar salohiyatini oshirish, yangi maktablar tashkil etish, mavjudlarini taʼmirlash, kutubxona fondini boyitish kabi olib borilayotgan ishlarning barchasi ertangi kun egalari boʻlgan yosh avlodning yetuk, barkamol boʻlib voyaga yetishiga xizmat qilmoqda. Bu kabi oʻzgarishlar biz pedagoglarga ham yanada ulkan masʼuliyat yuklaydi. Darslarda faol innovatsion texnologiyalardan foydalanish, oʻz ustimizda tinimsiz izlanish orqali bu talablarga javob qaytarishimiz mumkin. Ammo qars ikki qoʻldan chiqadi deganlaridek, bunda ota-onalarning ham oʻrni beqiyos. Chunki bola koʻp vaqtini oilasida oʻtkazadi. Otaning xatti-harakatlari, onaning bajaradigan ishlaridan oʻrnak oladi. Dilbandining kelajagiga masʼuliyat bilan yondoshadigan ota-ona maktab bilan uzluksiz aloqani yoʻlga qoʻyishga intiladi.

Afsuski, bugun bunday ota-onalar barmoq bilan sanarli. Fikrimiz isbotini 25-30 oʻquvchi oʻqiydigan sinfda ota-onalar majlisiga 10-15 nafar ota-ona qatnashishidan ham bilishimiz mumkin. Kelajakda farzandining el koriga yaraydigan, jamiyat manfaatiga xizmat qiladigan inson boʻlib yetishishiga faqat oʻqituvchigina masʼul deb oʻylaydiganlar xato qilishadi. Vaholanki, komil farzand eng avvalo ota-onasiga naf keltiradi. Hashamatli uylar qurgan, qimmatbaho mashinalar mingan ota-ona farzandiga kitob olib berishni ham unutmaganmikan?

Toʻy-hashamlar, ziyofatlarga borishni kanda qilmaydigan ota-onalar farzandlari bilan dildan suhbatlashishga, ularning qiziqishlari bilan oʻrtoqlashishga vaqt toparmikan?

Erkak kishi koʻchaning odami, u bolalarining moddiy taʼminoti uchun javobgar, deb oʻylaydi koʻpchilik. Onalar esa roʻzgʻor tashvishi, televizordan ortmaydi. Atoqli shoir Hamid Olimjonning:

Bolalik kunlarimda,

Uyqusiz tunlarimda,

Koʻp ertak eshitardim,

Soʻzlab berardi buvim…

degan satrlarini bir esga olaylik. U buvisi orqali adabiyotga, sheʼriyatga mehr qoʻygan. Zero, donishmandlardan biri aytganidek, aksariyat buyuk insonlarning otalari, onalari oqila va dono boʻlishgan. Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, ota-ona va maktab munosabatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish barkamol avlod tarbiyasidagi birinchi qadam boʻladi. Ota-onalar majlislarga doimiy qatnashishi, faqat oʻqituvchi chaqirganda emas, oʻz xohishiga koʻra ham maktab jamoasi bilan uchrashib, suhbatlashib turishi biz pedagoglar uchun ham quvonarli hol boʻlar edi. Qolaversa, farzandlarimizning yetuk shaxs boʻlib kamol topishi yoʻlidagi bunday birdamlik Vatanimiz kelajagi uchun qoʻshilgan katta hissa hamdir.

Sayyora Ashirova,

69-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026