QARDOSh XALQ IJODKORIGA EHTIROM KOʻRSATILDI
Xalqimiz qadimdan millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik, hamjihatlik bilan barcha millat vakillari tili va eʼtiqodiga hurmat tuygʻusi bilan qaraydi.
Ayniqsa bu borada muhtaram Yurtboshimizning qoʻshni mamlakatlar bilan oʻzaro doʻstona aloqalarni mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlari har bir xalq vakilining qalbida vatanimizga boʻlgan hurmat-ehtirom tuygʻularini mustahkamlaydi.
Abay merosini oʻrganish, asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilib, oʻzbek kitobxonlarini ham Abay ijodi bilan chuqur tanishtirish ikki xalq uchun ham manfaatli ekanligini taʼkidlagan edilar.
Shu munosabat bilan 45-son umumtaʼlim maktabining qozoq sinfi oʻqituvchilari “Abay dono, Abay yagona” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha oʻtkazdilar.
Kechada Abay sheʼrlariga bastalangan kuy-qoʻshiqlar, sahna asarlari va hikmatli soʻzlari oʻquvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.
Turgʻonboyeva Marina, Hayjonov Yerlan, Jangaboyeva Araylimlarning chiqishlari hammada chuqur qiziqish uygʻotdi.
Kechani maktabning qozoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Tauboyeva Dinora va boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Begmuratova Gulnurlar tashkil qildi va olib bordilar.
Kechaga maktabning barcha oʻqituvchilari va oʻquvchilari, ularning ota-onalari taklif qilindi. Ular kecha davomida Abay ijodi, hikmatli soʻzlari, oʻsha davr hayoti bilan yana bir bor tanishish imkoniga ega boʻldilar, uning ijodiga hurmat hissi yana bir bora oshdi. Kecha barcha qatnashchilarga manzur boʻldi.
Jumagul Qoʻshjonova, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶