Öquvçilar Xiva şahriga sayohat uyuştirdi
Yaqinda tumanimizdagi 55-sonli maktabning 6-9-sinf öquvçilari uçun qadimiy şahar – Xivaga sayohat uyuştirildi.
Maktabning bir guruh öqituvçilari A.Saforboyev, B.Rajabboyev, H.Rajapov, O.Raximov, B.Atayev, B.Ötaboyevlar öquvçilarga hamrohlik qilib, şaharning qisqaça tarixi haqida sözlab berdilar. Öquvçilar 1770-1920-yillarda Xiva xonligi qönğirotlar sulolasi tomonidan boşqarilgani, uning oliy hukmdori xon bölib, çeklanmagan maʼmuriy-harbiy hokimiyatga ega bölgani haqidagi maʼlumotlarni qiziqib tingladilar.
Oliy hukmdor – xon qarorgohi öşa paytda Xiva şahriga joylaşgan. Bu şaharda içki – “Içan qaʼla” va mudofaa devori bilan öralgan taşqi – “Dişan qaʼla” mavjud bölgan. Xonlikda Xiva, Urganç, Qiyot Hazorasp, Qönğirot kabi şaharlar maʼmuriy, savdo-sotiq va madaniy markazlar hisoblangan.
XIX asrga borib quriliş işlari avj olgan. Saroy, bozor, madrasa, masjid, xonaqoh kabi inşoatlar qurilgan. Ollohqulixon madrasasi, Rahmonqul Inoq saroyi, “Içan qaʼla”dagi Muhammad Aminxon madrasasi (1851-1855), Muhammad Rahimxon madrasasi (1871) bugungi kunda ham Xiva şahrining körki hisoblanadi. Ularning devorlari öşa davr Xorazm meʼmorçiligiga xos usulda, tiniq zangori rang ustidan oq va yaşil gullar tuşirilgan naqşlar bilan bezatilgan.
Öquvçi-yoşlar nafaqat Xiva şahrining qadimiy tarixi, balki bugungi çiroyidan ham bahra oldilar.
Xiva şahriga uyuştirilgan bu sayohat maktab öquvçilari uçun mamlakatimizning qadimiy şaharlari tarixini mukammal örganişlarida moziy bilan yuzma-yuz turib saboq oliş imkonini berdi.
Zuhra Ahmedova, Bahodir Pirniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶