ABAY – EZGULIK VA DOʻSTLIK KUYChISI
Abay Qoʻnonboyev qozoq mumtoz adabiyotining namoyondalaridan biri, buyuk shoir va marʼifatparvar insondir.
13-maktabda oʻz ijodida Yassaviy, Navoiy, Fuzuliy anʼanalarini davom ettirgan, Pushkin, Lermontov asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan qozoq adibi Abay hayoti va ijodiga bagʻishlangan adabiy kecha oʻtkazildi. Kechada Abayning turkiy xalqlar tarixini yaxshi biladigan mutafakkirligi, Navoiyni oʻzining buyuk ustozi deb bilganligi hamda xalqlar doʻstligi kuychisi boʻlganligi, shuningdek, qator dostonlar, didaktik asarlar, hikoyatlar majmuasi yaratganligi haqida keng maʼlumot berildi.
Kechada maktabning 6-sinf oʻquvchilari shoirning “Oʻlan”, “koʻklam” sheʼrlarini, 7-sinf oʻquvchilari esa “Nasihatlar” asaridan parchalarni ifodali aytib berdilar.
Adabiy kechada adib va uning boy ijodiy merosi haqida berilgan maʼlumotlar tomoshabinlarning bilim dunyosini yanada boyitdi.
Aziza AHMEDOVA, 13-maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶