ChEGARAChILAR BILAN HAMKORLIK YaNADA MUSTAHKAMLANADI
26-mart kuni “Chordara” mahallasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda MXX ga qarashli 9202 ”D” harbiy qism xodimlari va “Chordara”, “Durunki” mahallalari aholisi vakillari hamda mahallalar maʼsul xodimlari ishtirok etdilar.
Chegara oldida yashovchi mahaliy aholi bilan chegarachilarning hamkorligini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan ushbu yigʻilishda harbiy qism xodimi A.Aytugdiev fuqarolarning chegara hududida harakatlanishi tartib-qoidalari toʻgʻrisida maʼruza oʻqidi. Harbiy qism xodimi O.Mahmudov yigʻilish ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi qonunining bir qator moddalari boʻyicha tushunchalar berdi.
Shundan keyin “Chordara” mahallasi profilaktika inspektori M.Sanetullaev, MFY diniy maʼrifat va maʼnaviy ahloqiy masalalar boʻyicha maslahatchisi G.Oʻrazaqova, mahalla posboni sardori M. Oʻrozimbetovlar ham soʻzga chiqishib, chegara oldi hududida belgilangan tartib-qoidalarga toʻliq rioya etilishiga etiborni kuchaytirish lozimligi haqida gapirdilar.
Chegarachi harbiylar va aholi vakillari ishtirokida oʻtkazilgan ushbu yigʻilishda muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
O. Mahmudov, serjant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶