9-aprel – sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun “BIZ AMIR TEMUR AVLODIMIZ”
Har yili 9-aprel kuni butun yurtimizda sohibqiron Amir Temur bobomizning tavallud kuni keng nishonlanadi. Umumtaʼlim, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida sana munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi, buyuk bobokalonimizning Oʻzbekistondagina emas, dunyo xalqlari davlatchiligida tutgan oʻrni haqida soʻz yuritiladi.
Amudaryo akademik litseyida sana munosabati bilan “Biz Amir Temur avlodimiz” nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni litsey direktori oʻrinbosari Mansur Yerimbetov kirish soʻzi bilan ochdi va 2-bosqich oʻquvchisi Sevara Ismoilova boshqarib bordi.
Akademik litseyning birinchi bosqich oʻquvchilari tomonidan “Temur tuzuklari”dan namunalar oʻqib berildi. Amir Temur haqida slaydlar yordamida maʼruzalar qilindi.
Oʻquvchilar buyuk bobomiz haqida olgan bilimlarini yanada mustahkamlashi uchun birinchi kurs oʻquvchilari orasida tanlov tashkil etildi. Tanlov uch shart boʻyicha boʻlib oʻtdi. Bunda oʻquvchilar oʻzlarining olgan bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar va 1-oʻrinni “Temuriylar” guruhi qoʻlga kiritdi.
Tadbir davomida oʻquvchi-larda Amir Temur bobomizning hayoti va faoliyatini yanada chuqurroq oʻrganishga boʻlgan ishtiyoq oshdi desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶