KAM TAʼMINLANGAN OILALAPGA BEPUL KOʻChATLAP TARQATILMOQDA



Bahor fasli yurtimizga nafaqat biri-biridan zavqli bayramlari bilan, balki asrlar osha sayqal topib, qadrlanib kelayotgan betakror udumlar, bobomeros qadriyatlar uygʻunlashgan mehnatsevarlik lahazalarni hadya etishi bilan ham har bir koʻngilga koʻrk bagʻishlaydi. Oʻzaro mehr-oqibat, ahillik, muruvvat tuygʻulari qalblarni charogʻon etadi. Ayniqsa, xalqimizning yashnatish, yasharish istaklarini oʻzida mujassam etgan hashar har bir xonadonni, mahallani, el-yurtni obod, saranjom-sarishta qiladi.
Kam taʼminlangan oilalarga, oʻzgalar mehr-eʼtiboriga muhtoj insonlarga yordam qoʻlini choʻzish, ularning mushkullarini oson qilish xalqimizga azaliy odat hisoblanadi. Bunday mehr-muruvvat, homiylik yordamlari Navroʻzi olam kirib kelishi bilan yanada avj oladi.
Shu kunlarda Amudaryo tumanidagi kam taʼminlangan oilalar tomorqalariga bahorgi ekinlarni ekish, hovli-joylari atroflarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari qizgʻin pallaga kirdi. Tuman hokimining 2018-yil 31-martdagi 28-sonli farmoyishiga asosan tumanimizning 49 ta mahallasidagi 992 ta kam taʼminlangan oilalarga tegishli tomorqa yerlari holati oʻrganib chiqilib, 2018-yilgi zahira jamgʻarmasi hisobidan “Amudaryo tomorqa” MChJga 17 mln. 856 ming soʻm mablagʻ oʻtkazib berildi va ushbu mablagʻ hisobidan 2148 tup olma, 1500 tup nok, 300 tup gilos va 20 tup oʻrik koʻchati tomorqa yerlari mavjud boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga koʻchatlar bepul tarqatildi. Koʻchatlarni har bir oilaga 4-5-tupdan tarqatish va ekish rejalashtirilgan.
P.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶