I PESPUBLIKA OʻQUVChI-QIZLAP SAMMITINING AMUDARYoLIK IShTIPOKChISI

Oʻquvchi qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, isteʼdod va qobiliyatlarini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan birga innovatsion gʻoyalarga yoʻnaltirish hamda kelajakda kasb egallashga boʻlgan istaklarini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Pespublikasi xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan “I Pespublika oʻquvchi-qizlar sammiti” oʻtkazildi. Toshkent shahrida oʻtkazilgan qizlar sammitida Pespublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 230 nafar oʻquvchi-qizlar dastlabki kun tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlariga qatnashdilar. Men ham ushbu sammitda ishtirok etishga muvaffaq boʻlib, media va jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlariga qatnashdim va bilim darajamni yanada boyitib oldim. Sammitda men juda katta taassurotlarga ega boʻldim.
Axborot texnologiyalari, media, jurnalistika, tadbirkorlik va iqtisod, innovatsion menejment, sanʼat va ijod kabi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilgan seminar-treninglarda mashhur, taniqli insonlar ishtirokchilarga bilim va koʻnikmalar berdilar. Jumladan, oʻzim ishtirok etgan media va jurnalistika yoʻnalishida bizga taʼlim bergan taniqli jurnalistlar oʻz tajribalaridan kelib chiqib, soha haqida tushuncha berdilar.
Uch kun davom etgan sammitning yopilish marosimiga bagʻishlangan katta tadbir jarayonlarida faol qatnashgan qizlarga sertifikat taqdim etildi. Sammitda kelajakda tanlagan kasblari boʻyicha etarli maʼlumotga ega boʻldilar. Shuningdek, tanlangan sohalar boʻyicha yanada koʻp oʻrganib, izlanish va bilimga ega boʻlish zarurligini anglab etdilar.
Iroda YePDOShEVA,
Sammitning media va jurnalistika yoʻnalishi ishtirokchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶