Sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlaş maqsadida sud işiga aralaşiş holatlariga yöl qöymaslikni tartibga soliş masalasi
Mustaqillik yillarida yurtimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar bosqiçma-bosqiç amalga oşirib kelinmoqda. Islohotlarning samaradorligi, jamiyatda adolat barqarorligi va qonun ustuvorligiga erişiş köp omillarga boğliq.
Şu bois, avvalo, sudyalar mustaqilligini taʼminlaş maqsadida sudyalar maqomining huquqiy asoslari yanada takomillaştirildi. Yaʼni sudyalik lavozimiga tayinlanayotgan nomzod böyiça tuman va şahar jamoatçiligi fikrini örganiş tartibi joriy qilinadi.
Sud tizimida işni töğri taşkil etiş mexanizmini yaratiş muhim masala bölib kelmoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazkur sohadagi islohotlarni yanada çuqurlaştirişga xizmat qiladigan tarixiy ahamiyatga ega hujjat böldi.
Unda sud-huquq tizimini yanada demokratlaştirişga qaratilgan qator çora-tadbirlar, vazifalar belgilab berildi. Xususan, Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlaşga kömaklaşiş komissiyasini taşkil qiliş taklifi ilgari surildi.
Uşbu komissiyaning asosiy vazifalari etib odamlardan kelib tuşayotgan murojaatlar, xalq bilan bevosita uçraşuv va muloqot jarayonida kötarilayotgan masalalarni umumlaştiriş, parlament sörovi orqali haqqoniy vaziyatni tahlil qiliş, Oliy sud va Sudyalar oliy kengaşi bilan birga muammolarni hal etiş kabilar belgilandi.
Mazkur Komissiyaning taşkil etilişi sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini taʼminlaşga, birinçi navbatda, sudyalarni odil sudlovga taʼsir ötkazadigan omillardan himoya qiliş, sudlarning oçiqligi va şaffofligini taʼminlaş, sudyalar korpusi faoliyatini şakllantirişda sudyalar hamjamiyati rolini oşiriş, sud hokimiyatining faoliyatini tubdan yaxşilab, nufuzini yanada kötariş, sudlar tuzilişini takomillaştiriş hamda sudyalarni tanlaş va lavozimlarga tayinlaş tizimini demokratlaştiriş, mamlakatda qonun ustuvorligini, qonuniylikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari tugrisida» 21.10.2016-yilgi PF-4850-sonli Farmoni bilan mamlakatimizda sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining işonçli himoyasini taʼminlaş, şuningdek odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yönalişlari etib belgilandi.
Va sud, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida sud hokimiyatining mustaqilligi töğrisidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oşiriş faoliyatiga aralaşganlik uçun javobgarlikning muqarrarligi printsipiga oğişmay amal qilinişini taʼminlaş vazifasi quyldi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan işlab çiqilgan 2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi qonun ustuvorligini taʼminlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qilişda yangi bosqiçni boşlab berdi.
Yana sudlarning mustaqilligini taʼminlaşda muhim çoralarning biri sud işlarini hal qilişga aralaşganlik holatlarini aniqlaş, bu haqda xabar bergan sudyalarning daxlsizligini taʼminlaş maqsadida, Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining 2017-yil 7-avgustdagi 239-sonli qarori bilan “Sud işlarini hal qilişga aralaşganlik holatlarini aniqlaş, bu haqda xabar bergan sudyalarning daxlsizligini taʼminlaş töğrisida” Tartibi tasdiqlangan.
Sudyalarning sud qarorlarini biron-bir taşqi taʼsirsiz, faqat qonunga asosan qabul qilişi:
– Özbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boşqa jamoat birlaşmalaridan mustaqil holda iş yuritişi;
– sudyalarning mustaqilligi, faqat qonunga böysunişi; – sudyalarning odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralaşişga yöl qöyilmasligi va bunday aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bölişi;
– sudyadan körilgan yoki iş yuritişidagi işlar mohiyati böyiça biron-bir tuşuntirişlar berişni, şuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan va tartibdan taşqari, tanişib çiqiş uçun işlarni taqdim etişni talab qiliş taqiqlanganligi;
– ommaviy axborot vositalari öz xabarlarida muayyan iş yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan öziça hal qilib qöyişga yoki sudga boşqaça tarzda taʼsir etişga haqli emasligi kabinormalari bilan kafolatlangan.
Sud işlarini hal qilişga aralaşiş deganda fuqaro yoki mansabdor şaxs tomonidan muayyan işni har tomonlama, töla va xolisona körişga tösqinlik qiliş yoki ğayriqonuniy sud qarori çiqarilişiga erişiş maqsadida qonunga xilof tarzda sudyaga qanday bölmasin biron-bir tarzda taʼsir etiş tuşuniladi.
Sudyaga qonunga xilof ravişda taʼsir ötkaziş orqali sud işlarini hal qilişga aralaşiş:
– sud binosi yoki boşqa joyda muayyan işni hal qilişga qaratilgan talablar bayon qilingan plakatlar, lozunglarni namoyiş qiliş orqali noqonuniy piketlar, miting va namoyişlar uyuştiriş va ötkaziş;
– muayyan işni hal qilişga qaratilgan talablar bayon qilingan holda ommaviy-axborot vositalari orqali kompaniyalar taşkil qiliş;
– sudyaga yoki xalq maslahatçisiga muayyan işni körilişida hal qiliş haqida talab qöyiş, iltimos qiliş;
– sudyaga yoki xalq maslahatçisiga yoxud ularning yaqinqarindoşlariga tahdid qiliş;
– sudyaga yoki xalq maslahatçisiga taʼsir ötkaziş maqsadida ularning yaqin qarindoşlari bilan özaro munosabatga kirişiş;
– sudyaga yoki xalq maslahatçisiga yoxud ularning yaqin qarindoşlariga va boşqa şaxslarga muayyan moddiy manfaatdorlikni taklif qiliş;
– sud tomonidan körib çiqiladigan işlarni, şuningdek hal qilinadigan şikoyat va arizalarni davlat organlari, jamoat birlaşmalari va boşqa muassasalar tomonidan “nazoratga olinganligi”ni maʼlum qiliş va boşqa usullar bilan tayziq ötkaziş;
– mansabdor şaxslar tomonidan muayyan işlarni körilişda mazmunan hal qiliş yuzasidan topşiriqlar, yöllanmalar beriş va boşqa harakatlar orqali sodir etilişi mumkin.
Sud raislari va rais örinbosarlari mazkur sudning sudyalariga, şuningdek yuqori turuvçi sudlar raislari, rais örinbosarlari va sudyalari quyi sudlar raislari va sudyalariga ularning iş yurituvida bölgan muayyan işlar va boşqa materiallarni mazmunan hal qiliş yuzasidan topşiriqlar, yöllanmalar berişga haqli emaslar.
Sud işlarini hal qilişga aralaşganlik holatlari yuzasidan aybdor şaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilişi şart ekanligi belgilangan.
Harakatlar strategiyasini faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yilida amalga oşirişga oid Davlat dasturi ijrosi doirasida sud-huquq tizimida amalga oşirilayotgan işlar izçil davom ettiriladi.
Yurtimizda sud-huquq tizimidagi islohotlarni izçil davom ettiriş bundan keyin ham davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan bölib qoladi.
B.Keunimjayeva, Nukus tumanlararo
iqtisodiy sudi sudyasi:

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶