16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:37
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,449

DEHQONNING ISh FASLI BOShLANDI

DEHQONNING ISh FASLI BOShLANDI

Bahor kelishi bilan tabiat qish uyqusidan uygʻonadi. Dov-daraxtlar, oʻt-oʻlanlardan tortib, turli hasharotlargacha quyosh taftini sezib jonlana boshlaydi. Bunday paytda dehqon ham, albatta, qarab turmaydi. Chunki dehqon uchun ish fasli boshlanadi. Har galgidek bu yilgi bahor mavsumida ham mirishkor dehqonlarimiz yerga baraka urugʻini qadashga qizgʻin tayyorgarlik koʻrishmoqda. Soha mutasaddilari bilan suhbatimiz ham aynan shu mavzuda boʻldi.

Xoʻsh, bu yil dehqon va fermerlarimiz dalalariga, aholi tomorqasiga qanday ekinlar ekadi?

Anvar YOʻLDOShEV, tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati:

– Qishloq xoʻjaligi tumanimiz iqtisodiyotida yetakchi oʻrin tutadi. Shu bois, sohani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, davlatimiz tomonidan joriy qilinayotgan islohotlar mazkur yoʻnalishda ham amalga tatbiq etilmoqda. Fermer va dehqonlar, tomorqa yer egalari huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinmoqda. Ularga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni yanada koʻpaytirishga, eksportni yoʻlga qoʻyib, davlatga ham, oʻziga ham daromad keltirishlariga keng imkon berilmoqda.

Tumanimiz qishloq xoʻjaligi sohasida ham fermer xoʻjaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Prezidentimizning tegishli Qaror va Farmonlari asosida zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Qish davomida barcha qishloq xoʻjalik texnikalari texnik koʻrikdan oʻtkazilib, sozlandi va mavsumga tayyor qilib qoʻyildi. Shuningdek, yerlarning shoʻri yuvilib, sugʻorildi. Urugʻliklar ham saralanib, ekishga tayyor holatga keltirildi.

Bu yilgi mavsumda tuman boʻyicha paxtadan tashqari, boshoqli don ekinlari, dukkakli ekinlar, moyli ekinlar, poliz va sabzavot, chorva uchun ozuqa ekinlari ekilishi rejalashtirilmoqda. Tuman hududida 44 779 gektar yer maydoni mavjud boʻlib, shundan 30 834 gektaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalaniladi. Bu yil tuman boʻyicha 15550 gektar yerga chigit ekish koʻzlanmoqda. Boshoqli don ekinlari yetishtirish uchun esa 3000 gektar yer ajratilgan. Sabzavotlarga 1710 gektar yer maydonlari ajratish rejalashtirilib, shundan 1200 gektarida qizil qalampir yetishtirish rejalashtirilmoqda.

Poliz mahsulotlari, yaʼni qovun-tarvuz va boshqalar uchun 450 gektar yer maydoni boʻlib berildi. Kartoshka 150 gektar, moyli ekinlar 520 gektar, chorva uchun ozuqabop ekinlar 1424 gektar yerga ekilishi koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, tumanimiz hududidagi yer maydonlarining 1600 gektariga, yerosti suvi yaqinligi sababli, sholi ekish rejalashtirildi.

Fermerlar, dehqonlar va tomorqa yer egalari ayni kunlarda ekin maydonlarini ekishga shaylab, tayyorlashmoqda. Tuproq ilib, tobiga kelishi bilan yerga baraka urugʻlari qadala boshlanadi.

Bu yil ham mavsumdan umidimiz katta. Qishloq xoʻjaligida joriy etilayotgan islohotlar samarasini amalda koʻrsatib, yetishtiriladigan mahsulotlarimiz koʻlamini yanada koʻpaytirishimiz, bozorlarimizni, elimiz dasturxonini taʼminlashimiz, eksportni yoʻlga qoʻyishimiz lozim. Bu barchamiz uchun asosiy va dolzarb vazifa. Uni amalga oshirish uchun bor imkoniyatimizdan foydalanamiz hamda mehnatimiz va kuch-gʻayratimizni ayamaymiz.

***

Fayzulla Saʼdullayev, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi:

– Tomorqa ham daromad manbaidir. Ishbilarmon va mehnatkash dehqonlar bugungi kunda tomorqada yetishtirilgan mahsulotlari orqali daromad topib, oʻz oilalariga ham, davlatga ham naf keltirishmoqda.

Aholining tomorqadan unumli foydalanishini taʼminlash va ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmon hamda “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaror qabul qilingani fermerlarga, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga keng imkon eshiklarini ochmoqda. Hozirgi kunda tadbirkor dehqonlar intensiv va boshqa turdagi mevali bogʻlar yaratib, issiqxonalarda turli sabzavotlar, koʻkatlar, tsitrus mevalar, gullar, manzarali daraxtlar koʻchatlarini yetishtirib, bozorlarni taʼminlamoqda. Bu orqali daromad topib, turmushini yanada yaxshilashga erishishmoqda.

Xolimbeg ovulidagi dehqonlarning tomorqa xoʻjaligi boʻyicha tajribalarini ham har tomonlama namuna qilib aytsak arziydi. Bugungi kunga kelib, ular ham oʻz oila aʼzolari bandligini taʼminlab, ham tuman aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga hissa qoʻshib kelishmoqda. Orttirgan daromadlari evaziga turmushini obod qilib, yangi uy-joylarga, mashinalarga ega boʻlishmoqda.

«Tomorqa – daromad manbai» shiori ostida ishning koʻzini biladigan xolimbegliklar allaqachon ekish ishlarini boshlab yuborishdi. Ertagi ekinlarga ajratilgan 84 gektar yerga 172 tonna urugʻ sarflash va 1 mln. 152 ming 150 tup sabzavot koʻchatlarini koʻchirish moʻljallanmoqda. Buning uchun yer egalari daromadlari hisobidan 754 mln. soʻm mablagʻ sarflanishi kutilmoqda. Kutilayotgan hosilning oila ehtiyojidan ortgani aholi ehtiyoji uchun ichki bozorga olib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Yerdan unumli foydalanish maqsadida Xolimbeg ovulida 90 gektar yerga oʻrtagi ekinlarni ekish ham koʻzda tutilgan boʻlib, unga 17 tonna urugʻlik sarf qilinadi. Shuningdek, avgust oyida hosili yigʻib olinib, boʻshaydigan 35 gektar maydonga ham piyoz va sarimsoqpiyoz ekish rejalashtirildi. Ekish uchun ketadigan 1844 kg. sarimsoqpiyoz va 324,7 kg. piyoz urugʻlari uchun yer egalari tomonidan 21 mln. soʻm mablagʻ ajratilishi kutilmoqda.

Xolimbeg ovuli tadbirkor dehqonlari yangidan bogʻ yaratib, daromadlarini yanada koʻpaytirishni maqsad qilishgan. Buning uchun 8 ming 658 dona turli mevali daraxtlar koʻchatlarini oʻtqazib, oila ehtiyojini taʼminlashdan tashqari, ularni ham daromad manbaiga aylantirish, ayni paytdagi mavjud mevazor bogʻlardan esa yoz boshlanishida moʻl hosil olish rejalashtirilgan.

Mehnatdan kelsa boylik, turmush boʻlar chiroylik, degan naqlning magʻzini chaqqan xolimbeglik mirishkor dehqon va fermerlar, tomorqa egalari oʻz yerlaridan unumli foydalanishmoqda. Yaqin kelajakda ular oʻzlari yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ichki bozordan tashqari, qoʻshni davlatlarga eksport qilishni yoʻlga qoʻyishni ham niyat qilishgan.

Sahifani jurnalist

Ozoda XUDOYBEPGANOVA

tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026