21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:25
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,679

KOʻChAT EKIB, YuRTNI OBOD QILAYLIK!

KOʻChAT EKIB, YuRTNI OBOD QILAYLIK!

Chor-atrofni yashnatib bahor keldi. Hademay, Navroʻz ham tashrif buyurib, mudrayotgan zamin uygʻonadi. Navroʻzdan Yangi kun boshlanadi. Yangi kundan ota-bobolarimiz rizq-roʻz, baraka tilab yerga urugʻ qadashgan. Yaxshi niyat bilan koʻchat oʻtqazib, bogʻ yaratishgan. Ularga mehr berib parvarish qilishgan. Ota-bobolarimiz bu ishlarni savob uchun, farzandlari, kelgusi avlodni bahramand qilish uchun ezgu niyat bilan bajarishgan.

Asriy gujumlar, qoramonlar, terak-tollar koʻchalarga koʻrk bagʻishlab turadi. Dalalardagi tut qatorlari, olma bogʻlar koʻzni yashnatadi. Bunday manzaralarni yurtimizning har goʻshasida koʻrishimiz mumkin. Ularning soyasidan, mevalaridan bahramand boʻlgan har bir odam kim ekib, parvarish qilgan boʻlsa ham baraka topsin, deb bir bor boʻlsa ham aytishi aniq. Ana shunday elga naf keltiradigan ish, albatta, savobli ish.

Bunday ezgu amallar, savobli ishlar hozir ham davom ettirilib, atrof-muhitni obodonlashtirishga eʼtibor qaratish anʼanaga aylangan.

Bahor kelishi bilan yurtimizda hasharlar boshlanadi. Mahalla, oʻquv muassasalari, korxona-tashkilotlarda tashabbus koʻrsatilib, hasharlar tashkil etiladi. Ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlanadi. Turli xil koʻchatlar oʻtqaziladi.

Hozirgi kunda har qanday turdagi manzarali, mevali daraxt, gul koʻchatlarini topish juda oson. Koʻchatchilik bilan shugʻullanadigan xoʻjaliklar ayni paytda dunyoning turli burchagidan koʻchatlar keltirib, ularni bizning iqlimimizga moslashtirishmoqda.

Hadislarda keltirilishicha, agar musulmon banda biron tup koʻchat ekadigan boʻlsa, uning mevasidan inson, hayvon yoki qush yesa, bu uchun oʻsha bandaga qiyomat kungacha sadaqa savobi yozilar ekan. Demak, Islomda ham tabiatning koʻrkamligiga hissa qoʻshib, bogʻ yaratish qadrlanadi. Men hayotiy tajribam orqali aytishim mumkinki, dehqonchilik, bogʻdorchilik savobi ulugʻ ish boʻlishi bilan birga oilaga qut-baraka olib keladi. Shuning uchun har bahor farzandlarim, nevaralarim bilan yangi koʻchatlar yetishtirib, ularni boshqalarga ham ulashamiz. Parvarish qilish yoʻllarini soʻragan odamga koʻchatlarni ekishdan tortib, to mevaga kirguncha parvarishlashni erinmasdan oʻrgataman.

Bizning sharoitimizda terak, tol, jiydadan tashqari, mevali daraxtlardan tok, anor, anjir koʻchatlarini ham bemalol koʻpaytirib, parvarishlash mumkin. Terak, tol, jiyda qalamchalari daraxtlarning kesilgan joyidan oʻsib chiqqan bir yillik novdalardan tayyorlanadi. Qalamcha uchun tayyorlangan novdalarni 50-100 donadan bogʻlab, 40-60 sm chuqurlikdagi handaqlarga koʻmib qoʻyiladi. Novdalar ekishdan bir-ikki kun avval koʻmilgan joydan olinib, 20-25 sm. uzunlikdagi qalamchalar kesiladi.

Tok qalamchasi 50-60, anor va anjir qalamchalari 20-25 sm. uzunlikda, yoʻgʻonligi 0,5-1,5 sm. boʻlgan bir yillik yetilgan novdalardan tayyorlanadi. Qalamchalar tayyorlashda, albatta, tuproq-iqlim sharoitiga qarab, kasallik va hasharotlarga chidamliligiga alohida eʼtibor berish kerak.

Koʻchat va qalamchalar tuproq harorati koʻtarilganidan keyin ekiladi. Tuproq qazilib, koʻchat koʻchirilgandan soʻng, chuqurcha suvga toʻldiriladi.

Keyin uning atrofi tuproq bilan bostirilib, yana sugʻorilishi zarur. Ularning ildizini ochiq qoldirmaslik, sovuq urishi va shamollashiga yoʻl qoʻymaslik lozim. Tuproq choʻkkanidan soʻng koʻchat atrofiga yana tuproq tortilib, toʻldiriladi. Bunday usulda ekilgan koʻchatlar tez oʻsib, yaxshi rivojlanadi.

Bizning zaminimiz, tuprogʻimiz mahsuldor. Unda hamma narsa yetishtirish mumkin. Buning uchun ishtiyoq boʻlsa, mehnat qilinsa bas. Yuradigan yoʻlimiz, yashaydigan uyimiz, hovlimiz fayzli boʻlsa, ruhimiz koʻtariladi. Goʻyoki qut-baraka shu yerga yogʻilayotgandek tuyuladi. Shuning uchun atrof-muhitni orasta qilib, mevali va manzarali daraxtlar, gul koʻchatlari ekib, olamni goʻzallikka burkaylik. Toki, farzandlarimiz bu goʻzallikdan bahra olib, maʼnan sogʻlom boʻlib voyaga yetsin, shunday ezgu va savobli ishlarni davom ettirib, bogʻlar yaratsin.

Tursunboy bogʻbon PIRMONOV, “Choykoʻl” ovuli.

Suratda: choykoʻllik bogʻbon Olimboy Matqurbonov (chapda) tuman Qishloq va

suv xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi Renat Haytboyev

bilan mevali daraxtlarga shakl berish boʻyicha maslahatlashmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026