“YoSh YuLDUZChALAR” YaNA GʻOLIB BOʻLDI

Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan oʻtkazilgan “Kamalak” bolalar tashkilotining “Eng namunali sardorlar Kengashi” tanlovida qatnashib, 1-oʻrin gʻolibi boʻlgan 36-maktabning “Yosh yulduzchalar” jamoasiga hududlararo bosqichga yoʻllanma berilgan edi.
Toʻrtkoʻl tumanida oʻtkazilgan “Eng namunali sardorlar Kengashi” tanlovining hududlararo bosqichida tumanimiz nomidan “Yosh yulduzchalar” jamoasi Toʻrtkoʻl, Beruniy, Ellikqalʼa tumanlarining gʻolib jamoalari bilan bilim va mahoratlarini sinashdilar.
“Vatan, doʻstlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostida birlashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etgan jamoalar orasida tumanimizdan ishtirok etgan 36-maktabning “Yosh yulduzchalar” jamoasi tanlovning hududlararo bosqichi 1-oʻrin gʻolibi boʻldi.
“Yosh yulduzchalar” jamoasi “Eng namunali sardorlar Kengashi” tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶