“Vatan, doʻstlik va baxtli bolalik uchun!”
Yaqinda 40-sonli maktabda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining tuman Kengashi tomonidan “Vatan, doʻstlik va baxtli bolalik uchun!” shio-ri ostida oʻquvchilarni birlashtirish maqsadida “Eng namunali sardorlar Kengashi” tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovda tumanimizdagi 2-, 76-, 22-, 36-, 71-, 34-sonli maktablarning 8-10-sinf oʻquv-chilaridan iborat boʻlgan sardorlar Kengashi jamoalari qatnashdilar.
Tanlov yakuniga koʻra 1-oʻrin 36-sonli maktab sardorlar Kengashining “Yosh yulduzchalar” jamoasiga, 2-oʻrin 22-sonli maktab sardorlar kengashining “Iqtidorli yoshlar” jamoasiga, 3-oʻrin 76-maktab sardorlar kengashining “Yoshlik” jamoasiga berildi.
Tanlov gʻoliblariga faxriy yorliq, diplom va estalik sovgʻalar topshirildi.
Dilnura BOBONIYoZOVA,
36-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶