18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 03:37
Jamiyat 👁 1,423

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun kuchga kiradi

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun kuchga kiradi

"Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab 6 oy oʻtgach, yaʼni 2018-yil 9-martdan boshlab kuchga kiradi.

Qonun 6 ta bob va 27 ta moddadan iborat.

Mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-avgustda qabul qilinib, Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda maʼqullangan.

“Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 1 moddasida “Ushbu Qonunning maqsadi bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat” deya qayd etilgan.

Qonunning 4-moddasida asosiy tushunchalar keltirilgan boʻlib, ularning ayrimlari quyidagicha:

bolalar - oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan (voyaga yetmagan) shaxslar;

bolalarning sogʻligʻi - bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan sogʻlomlik holati;

bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot - bolalar oʻrtasida tarqatilishi ushbu Qonunga muvofiq taqiqlangan yoki cheklangan axborot mahsuloti.

Umuman olganda ushbu qonunda bolalarning sogʻligʻiga axborot orqali yetishi mumkin boʻlgan zararlarning oldini olish maqsad qilingan. Shuningdek, bolalar ongiga gʻayriqonuniy axborot-ruhiy taʼsir koʻrsatilishining, ularga hiyla ishlatilishining, bolalarni gʻayriijtimoiy harakatlarga undovchi axborot mahsuloti tarqatilishining oldini olish, ushbu sohadagi huquqbuzarliklarni profilaktika qilish nazarda tutiladi.

Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar tizimiga Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) idoralararo komissiyalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, taʼlim muassasalari, davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari.

Shuningdek, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ushbu masalada maxsus vakolatli davlat organidir.

Bundan tashqari, Ommaviy axborot vositalari bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotlar haqida materiallar tayyorlash hamda aholining axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni yoritishi qonunda koʻrsatilgan.

Qonunning 3-bobi 16-moddasida Bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni tasniflash hamda axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi keltirilgan.

Shuningdek, 17-moddada Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi keltirishi ham koʻrsatilgan boʻlib, unga koʻra yetti yoshga toʻlmagan bolalar uchun «0+», yetti yoshga toʻlgan bolalar uchun «7+», oʻn ikki yoshga toʻlgan bolalar uchun «12+», oʻn olti yoshga toʻlgan bolalar uchun «16+», bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti «18+» yozuvini aks ettirishi kerak.

Qonunning 5-bobida Axborot mahsulotining ekspertizasi va uning huquqiy oqibatlari keltirilgan. Shuningdek, 23-moddada Nizolarni hal etish tartibi, 24-moddada Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik aks etgan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026