Jamiyat
👁 1,613
Eng namunali sardorlar kengashi aniqlandi
Umumtaʼlim maktablarida faoliyat koʻrsatayotgan eng namunali sardorlar kengashini aniqlash, ularning faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tashkillashtirgan tanlovda tumanimizdagi 1-, 11-, 12-, 16-, 30-, 76-, 31-, 36-, 38-, 40-, 27-, 64-, maktablarning 7-sinflari sardorlari kengashi aʼzolari ishtirok etdilar.
Tanlov uchta bosqichda oʻtkazildi. Natijalarga koʻra, 76-maktabning “Yoshlik” jamoasi birinchi, 11-maktabning “Nihol” jamoasi ikkinchi, 31-maktabning “Yoshlar” jamoasi uchinchi oʻrinlarni egalladilar.
Bunday tadbirlar oʻquvchi-yoshlarning faolligi oshishiga, kelajak sari dadil intilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
O. Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶