PPEZIDENT SOVGʻASI MUBOPAK BOʻLSIN!
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi yoshlarning haqiqiy maʼnodagi hamkori, maslakdoshi, tayanchi sifatida samarali faoliyat yuritmoqda. Yoshlarning maʼnaviyati va bilimini yuksaltirish, muammolarini hal qilish boʻyicha turli loyihalar amaliyotga tatbiq qilinmoqda.
Tashkilot tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar hamda fidoyi yetakchilarga oʻz navbatida Yurtboshimiz tomonidan gʻamxoʻrlik koʻrsatilib, ragʻbatlantirilmoqda.
Shuningdek, Yoshlar ittifoqi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tashkilot va uning hududiy Kengashlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yaqinda Yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻistondagi hududiy Kengashlari raislariga Prezident sovgʻalari – yengil avtomashinalar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov tashkilot tizimida faoliyat yuritib kelayotgan qoraqalpogʻistonlik Kengash raislariga 11 ta “Damas” va 4 ta “Spark” avtomobillari kalitlarini tantanali ravishda topshirdi.
Ittifoqning tuman Kengashi raisi M.Shermetovga ham 10-yil muddatga imtiyozli kredit asosida Prezident sovgʻasi sifatida “Spark” avtomobili berildi.
– Biz yoshlarga, Yoshlar ittifoqi faollariga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrlik va eʼtibori uchun muhtaram Yurtboshimizdan cheksiz minnatdormiz. Prezidentimizning bu sovgʻasi kelgusida tumanning chekka hududlariga chiqib, yoshlar orasiga kirib borib, ularning muammolarini oʻrganishimizda katta yordam beradi, – deydi «Xoshamet–2017» tanlovida «Yilning eng faol ittifoq tuman Kengashi» deb topilgan Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi M.Shermetov.
Suratda: Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Mahmud Shermetov oʻziga topshirilgan Prezident sovgʻasi – “Spark” avtomobili bilan.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶