MAKTABIMIZDA “YoSh MUXBIPLAP TOʻGAPAGI” TUZILDI
Tumanimiz aholisini tezkor, xolis va haqqoniy axborotlar, yangilanishlar bilan tanishtirib borishda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalarining xizmati katta.
Biz boshqa tumanlar aholisidan farqli “Mening oilam”, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetalarini sifatli bosmadan chiqqan holda oʻqish, televideniye koʻrsatuvlarini tomosha qilish, internet radio tinglash va www.amunews.uz veb saytida xabar va maqolalarni tezkor oʻqish imkoniyatiga egamiz. Vaholanki koʻpchilik tumanlarda faqat bitta gazeta faoliyat yuritmoqda.
Yaqinda bizning maktabimizga tuman OAV xodimlari - jurnalist Oygul Pajabova, suratchi muxbir Mahmudjon Shomurodovlar tashrif buyurishib, maktabimizdagi ijodkor oʻquvchilar bilan mustahkam aloqa oʻrnatish, ularning oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlariga koʻmaklashish maqsadida “Yosh muxbirlar posti”ni tuzishdi. Men ham aʼzo boʻldim. Chunki koʻpdan beri xabar, maqolalar yozishga qiziqaman, mashq qilaman. Biroq bu mashqlarim doim daftarimda qolib ketardi.
Maktabimizda tuzilgan “Yosh muxbirlar posti” koʻpchilik oʻquvchilar uchun bir imkoniyat boʻldi. Chunki oramizda iqtidorli oʻquvchilar juda koʻp.
Shoira Qurbonboyeva, 33-maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶