Maktabda “Yosh muxbirlar posti” tuzildi
Jurnalistlar ovuldagi 62-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari va oʻquvchilari bilan ham uchrashib, muloqotda boʻldilar.
- Maktabimiz oʻquvchilari orasida bilimdon yoshlar koʻpchilikni tashkil qiladi, - dedi uchrashuv tadbirida maktab ditektori Bahrom Boltaboyev. – Ayniqsa, ijodga qiziquvchi oʻquvchilarimiz anchagina. Ularning ijod namunalari tuman matbuotida yoritib borilsa, oʻquvchilarimizga maʼnaviy ragʻbat boʻlardi, - deya fikr bildirdi.
Uchrashuvda ijodkor-yoshlardan Shahlo Qurolova, Mohim Sobirovalar oʻz ijod namunalarini taqdim etdilar. Shundan soʻng maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zokir Atayev rahbarligida “Yosh muxbirlar” posti tuzilib, tahririyat jurnalistlari bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar belgilab olindi.
Moxira Pahimova, 62-sonli maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari,
“Yosh muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶