Korruptsiya yoʻq boʻlsa, adolat qaror topadi
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizdagi korruptsiyaga qarshi kurash borasida olib borilgan ishlarga ham alohida toʻxtalib oʻtdi. Shu asosda aniq maqsadlarga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan davlat dasturini izchillik bilan amalga oshirish kerakligini taʼkidlab, bu yoʻlda yanada qatʼiy ish olib borishimiz shartligi haqida soʻz yuritdi.
Mamlakatimiz rivojlanayotgan va dunyo hamjamiyatida oʻz munosib oʻrnini belgilayotgan bir paytda, Prezidentimiz taʼkidlab oʻtganidek, faqatgina erishilayotgan yutuqlarimizga mahliyo boʻlish kayfiyatida boʻlmasdan, Vatanimizni yanada yuksaltirish uchun muammo va kamchiliklarga ham eʼtibor berib, ularni aniqlab, oʻz vaqtida bartaraf etishimiz lozim.
Bizga maʼlumki, barcha toifadagi jinoyatlar har bir zamonda va makonda mavjud boʻlib kelgan. Jumladan, korruptsiya jinoyati ham barcha mamlakatlarda rivojlanishni oqsatib kelmoqda. Mamlakatimizda qabul qilingan «Korruptsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida»gi Qonundan koʻzlangan maqsad - korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishdan iborat.
Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyadan ogohlantirish boʻyicha choralar keltirib oʻtilgan. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash, ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan koʻtarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish tizimlarini joriy etish belgilangan.
Qonunda davlat organi xodimi biror bir shaxs tomonidan uni korruptsion huquqbuzarlikni sodir etishga daʼvat qilish holati, shuningdek, boshqa ishchilar tomonidan shu kabi holatlarning amalga oshirilishi boʻyicha unga oshkor boʻlgan maʼlumotlarni oʻz rahbari yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etishi koʻrsatilgan. Mazkur majburiyatlarning bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq tegishli ravishda jazoga tortilishiga olib keladi.
Fikrimizcha, eng avvalo kadrlarni tayyorlash, ularni tanlash va lavozimga tayinlash boʻyicha masʼuliyatni yanada oshirish lozim. Chunki har qanday soha munosib kadrlar bilan taʼminlansagina, jamiyat rivojlanadi. Jamiyatni rivojlantirish uchun korruptsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchidir.
Azamat ERNAZAROV, “Mangʻit-Nazarxon” irrigatsiya tizimi
boshqarmasi yetakchi huquqshunos-maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶